Uy vazifasi uchun berilgan topshiriq murakkab topshiriqlardan sanaladi. U bir vaqtning o‘zida barcha BKM elementlarini qamrab oladi, shu sababli uy vazifasining o‘quvchilar tomonidan bajarilisiga o‘qituvchi alohidsa e`tibor berishi lozim.
O‘quvchilarga uy vazifasini berishda quyidagilarni hisobga oling:
Reja asosida ta`rif berish uchun ma`lumotlarni topish oson bo‘lgan daryolarni tanlang. Eng yaxshisi, agar mavjud bo‘lsa o‘zingiz yashaydigan joydagi daryoni tanlash yaxshi samara beradi.
O‘quvchilarga topshiriqni bajarish tartibini mukammal tushuntirib bering.
O‘quvchilarga uy vazifasini bajarishda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha manbalar topishda yordam bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |