Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi Muskullari va tana bo‘shlig‘i. Daryo qisqichbaqasining muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan
Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi Muskullari va tana bo‘shlig‘i. Daryo qisqichbaqasining muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Xitin qoplag‘ichi keng tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Ichki organlar ana shu bo‘shliqda joylashgan. Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqaning og‘zi boshining ostida joylashgan. Oziq og‘iz, qisqa halqum va qizilo‘ngach orqali ikki bo‘lmali oshqozonga o‘tadi (36-rasm). Oziq avval katta oshqozonda maydalangach, keyin kichik oshqozonga tushadi. U yerdan oziq suzilib o‘tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm 17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi 36-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi: 1 – og‘iz; 2 – katta oshqozon; 3 – kichik oshqozon; 4 – ichak; 5 – halqum usti nerv tuguni; 6 – halqum osti nerv tuguni; 7 – qorin nerv zanjiri; 8 – jinsiy bez 5 1 2 7 6 4 3 8 ?! 64 bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining o‘rtasida joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi. Qon aylanish va nafas olish sistemalari. Boshko‘krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan (37- rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan tomirlar orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, to‘qimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig‘ilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o‘tadi; qonda to‘planib qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan to‘yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo‘shlig‘iga o‘tadi. 7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi 37-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemasi: 1 – ayirish bezi; 2 – jabralar; 3 – yurak; 4 – orqa qon tomiri; 5 – qorin qon tomiri 5 1 32 4 Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi. Nerv sistemasi. Yomg‘ir chuvalchanginiki singari halqum usti va halqum osti nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tug unidan ko‘z va mo‘ylovlarga, halqumosti tugunidan jag‘larga, qorin nerv tugunlaridan esa barcha organlarga nervlar chiqadi. Sezgi organlari. Qisqichbaqaning bir juft murakkab ko‘zlari harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir ko‘z juda 17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi 65 ko‘p mayda ko‘zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko‘zcha atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko‘radi. Hamma ko‘zchalar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko‘rish ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar uchun xos bo‘lib, mozaik ko‘rish deyiladi. Daryo qisqichbaqasi mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalar hid bilish hamda tuyg‘u organlari hisoblanadi. Kalta mo‘ylovlarining asosida eshitish va muvozanat saqlash organlari joylashgan. Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. Qisqichbaqasimonlarning 30 000 dan ortiq turi ma’lum. Ularning ko‘pchiligi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan dafniya va siklop ko‘p uchraydi (38-rasm). Ular baliqchilik xo‘jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus ko‘paytiriladi. 38-rasm. Har xil qisqichbaqasimonlar: 1 – dafniya; 2 – siklop; 3 – zaxkash; 4 – krevetka; 5 – kamchatka krabi 1 2 3 4 5 Ko‘pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, langustlar, krevetkalar) go‘shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig‘i h isoblanadi. Qisqichbaqasimonlarning ayrim vakillari quruqlikda yashashga moslashgan. O‘zbekistonning cho‘l mintaqalarida zaxkash (eshakqurt) keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirindi moddalarga boyitadi.