Дартс жамоаси саволлари



Download 1,06 Mb.
Sana21.10.2022
Hajmi1,06 Mb.
#855162
Bog'liq
Дартс жамоаси саволлари


Дартс жамоаси саволлари
Саволлар жойлашуви ўзгаради

savol.
Versiyalardan biriga ko'ra, uning kelib chiqishi tatarlarga borib taqaladi. Shimoliy Yevropa xalqlaridan birida u orqali insonning urug'i, lavozimi, yashash va xizmat joyi kabi ma'lumotlarni bilib olish mumkin. Disney va Piksar tomonidan ishlangan "Sheryurak qiz" multfilmi uchun uning uchtasi yaratilgan. Umid qilamizki, uni topish bilan bog'liq noto'g'ri yo'nalish sizni jahannamga boshlamaydi. Uni xorijiy so'zda ayting.


Javob: Tartan.
Izoh: Tartan so'zi eski fransuz tilida "tatarlar matosi" ma'nosini beradi. Shotlandlarda tartan kishining ijtimoiy holatini ifodalaydi. Multfilmda Danbrox, Dingval va Makgaffin klanlari o'zlarining tartanlariga ega bo'lgan. Yunonlarning do'zaxini bildiruvchi Tartar degan javob bo'lmagan deb o'ylaymiz.

savol.
Bu insonning asl ismi Bishr bo'lgan. Rivoyatga ko'ra, rumliklaru zotdan uzoq umr ko'rishni Allohdan so'rashni iltimos qilgan, Parvardigor u kishining duosini qabul etib, ular "o'zlari xohlamagancha o'lmaslar, bunga sen ham kafil bo'lgin" degan vahiy keladi. Siz menga u kishini emas, u kishin8ng qabri joylashganligi aytiladigan yurtimizdagi insulonimni ayting.


Javob: Payg'ambar oroli.
Izoh: U kishi "kafolat sohibi" ma'nosini beruvchi Zul-Kifl a.s. hisoblanadi. Zul-Kifl maqabarasi Amudaryo o'rtasidagi Payg'ambar orolida joylashgan. Insulonim - orollarni bildiruvchi toponim.

savol.
Savolda almashtirish mavjud.


Qadimgi yunonlar Idrisni temir ishlab chiqaruvchi pechlarning sharafiga Etaliya deb atashgan. 19 asrda bir mashhur insonning bu yerga "tashrifi" munosabati bilan "Idrisni ko'rgunimcha hamma narsa qo'limdan kelgan" deb tarjima qilinuvchi ingliz palindromi yuzaga keldi. Idrisning Yevropada "oq" ma'nosini beruvchi boshqa adashi ham mavjud. Siz menga almashgan so'zning asl variantini yozib bering.
Javob: Elba.
Javob uchun tarqatma material: "Able was I ere I saw Elba".
Izoh: Hozirgi Italiyaga tegishli Elba oroliga Napoleon Bonapart surgun qilingach, tarqatmadagi palindrom yuzaga kelgan. Versiyalardan biriga ko'ra, Chexiya va Germaniyadan o'tuvchi Elba daryosi albus - oq so'zidan kelib chiqqan. Taniqli britan aktyori Idris Elbaning familiyasi ismi bilan almashtirilgan.

savol.
Bu inson 1454-1513 yillarda yashagan va "kichik rassom" ma'nosini beruvchi taxallusni oladi. U qaysidir ma'noda Rafaelga shogird bo'lgan. 5 asr o'tgach, to'p bilan mohirona harakati uchun Roberto Badjo Rafaelga tenglashtirilgan bo'lsa, Badjo bilan tandem hosil qilgan iqtidorli futbolchi ikkinchi rassom sharafiga laqabini oladi. Siz ushbu laqabni ayting.


Javob: Pinturikk'o.
Izoh: Futbolchi esa Alessandro Del Pyero edi. Unga bu laqabni "Yuventus" FK Prezidenti Jovanni Anyelli bergan.

savol
Mikroto'lqinli pechlar tomonidan iste'mol qilinadigan energiyaning katta qismi X uchun sarf bo`lar ekan.


1997 yilgi filmda esa otasi 10 yoshligida X sovg`a qilishi tufayli film bosh qahramoni keyinchalik, Angliyadagi sigirlarni quturish kasalligidan, atom elektr stansiyalarni portlashdan, samolyotlarni qulashdan va umuman unga ma`lum bo`lgan 16842 ta baxtsizliklardan odamzotni xalos qilgan ekan.
Diqqat savol: Ota o`g`liga qanday nomli X ni sovg`a qilganini aniq yozib bering?
Javob: Zarya
Qabul: Заря
Izoh: Mikroto`lqinli pechlar asosiy energiyasi, qanchalik g`alati bo`lmasin, soatlarini ishlashiga sarf qilar ekan. Zulfiqor Musoqovning “Yaratganga shukur” filmida esa otasi Sodiqjonga 10 yoshligida “Zarya” soatini sovg`a qilgach, unda ajoyib karomatlar ko`rsatish qobiliyati paydo bo`ladi.
Manba: https://www.nkj.ru/archive/articles/8074/
https://www.youtube.com/watch?v=mbfr8phj_Eg

savol
Hofiz Sheroziy muqarrar jazodan qutulish maqsadida o‘z asarlaridan birida isyonkor va fitnali so`zlarni ariy bo‘lgan kishi tomonidan bayon etadi.


Diqqat savol: Bir nechta harflari tushurib qoldirilgan so'zni asl shaklida yozib bering.
Javob: nasroniy.
Izoh: Hofiz Sheroziy XIV asrda yashagan fors shoiri va so‘fiy shayxi bo`lgan. Xudoga shak keltirish ma`nosida keluvchi so`zlarni u boshqa din vakili tomonidan bayon qilishi o`sha davr radikal imomlar g`azabidan qutqarib qolgan ekan.
Manba:
1. http://www.fway.org/onlinelib/61-2009-03-15-07-23-41/361-2009-03-17-17-18-23.html
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Хафиз_Ширази

savol
Ayrim rasmlarda Uning qo`lida odatdagi yuki emas, balki olmalar borligini ko`rishimiz mumkin. O`tgan asr o`rtalarida nashr etilgan asar nomida ham U bor. Bu asar nomini quyidagicha tushuntiriladi: Agar bu ish sodir bo`lsa, dunyoda global falokat yuz beradi va butun insoniyat halok bo`ladi.


Diqqat savol: Bu asar muallifi kim?
Javob: Ayn Rend
Izoh: Savolda tilga olingan rasmda Gesperidalar olmalarini Geraklga olib kelib bergan Atlant tasvirlangan. 1957 yilda nashr etilgan asar “Atlant yelka qoqqanda” deb nomlanadi. Vikipediyada tushuntirilishicha, Atlant qachonki o`z yukidan, ya`ni osmonni ushlab turishdan xalos bo`lsa, dam olib yelkasini to`g`rilab olsa, osmonu-zamin yerga qulaydi va muqarrar falokat yuz beradi, butun insoniyat halok bo`ladi. Asar muallifi esa asli Rossiyada tug`ilgan, keyinchalik AQSHda yashab ijod qilgan yozuvchi Ayn Rend edi.
Manba: 1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Атлант_расправил_плечи
2) https://art.1sept.ru/view_article.php?ID=200901204


savol
Qo`lingizdagi tarqatmada ajratib ko`rsatilgan hudud “X belbog`i” deb nomlanadi. Bu hududda o'rtacha yillik harorat barqaror holatda taxminan 15-30 °C oralig`ida, quyoshli va yomg`irli kunlar ham teng miqdorda bo`ladi va unumdor tuproqlar uchraydi. Sababi X ning juda ‘injiqligi” ekan, shu hududdan shimolroqda yoki janubroqda U kamdan-kam holatda uchraydi. Yuqorida keltirilgan faktorlarning turli kombinatsiyasi natijasida X ning har xil turlari kelib chiqishiga sabab bo`lgan.
Diqqat savol: X nima?
Javob: Kofe
Izoh: Bu hududga toʻliq yoki qisman 80 dan ortiq davlatlar kiradi. Bular orasida eng mashhurlari
Braziliya, Kolumbiya. Indoneziya, Vyetnam, Efiopiya va Meksika kabi davlatlar hisoblanadi. Sababi bu hududlarda doimiy bir xil mo`tadil ob-havo kofe daraxtining o`sishi uchun eng qulay bo`lar ekan. Davlatlar va qit`alardagi turli xil harorat, quyoshli kunlar va namlik miqdorilariga qarab kofening turli xil navlari paydo bo`lgan ekan. Shu sababdan xaritadagi bu hududlar Kofe belbog`i deb atalar ekan.
Manba: 1) https://www.vokrugsveta.ru/articles/kofeinyi-poyas-pylnyi-kotel-bananovaya-respublika-rasshifrovyvaem-7-geograficheskikh-metafor-id829922/
2) https://shop.tastycoffee.ru/blog/pochemu-kofe-rastet-tolko-v-kofejnom-poyase

Савол
бу одам 45 ёшида буюк саркарданинг аслахасини топишда ёрдам беради. 54 ёшида АҚШга яшаш учун кўчиб кетмокчи бўлгани ҳақида фикр билдиради. 60 ёшида у икки ўзга сайёрраликларга ўз юртига етиб олишларига ёрдам. беради. агар сиз бу одамни кимлигини таниган булсангиз, машхур мультфильмнинг кайси қаҳрамонига прототип бўлганини айтинг.



Жавоб: винни пух

Изох: Бу одам Евгений Леонов эди. 1971 йилда у "Омадли джентельменлар" фильмида А. Македонский дубулгасини топишга ёрдам беради. 1980 йилда "Гугуртга кетиб" фильмида дусти билан АҚШга кетмокчи булади. 1986 йилдаги "Кин дза дза" фильмида эса у иккита ерликларга ўз сайёрасига кетишига ёрдам беради. Евгений Леонов Винни Пух мультфильми учун овоз беради ва унинг узидан қахрамон чизилади


https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9B%D0%B5%D0%BE%D0%BD%D0%BE%D0%B2,_%D0%95%D0%B2%D0%B3%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D0%B9_%D0%9F%D0%B0%D0%B2%D0%BB%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D0%B8%D0%BD%D0%BD%D0%B8-%D0%9F%D1%83%D1%85_(%D0%BC%D1%83%D0%BB%D1%8C%D1%82%D1%84%D0%B8%D0%BB%D1%8C%D0%BC)
савол
Диққат саволда алмаштириш бор!
DTF.ru сайтида бир пост "менинг компьютеримга хар доим ургимчак кириб тўр тўқийди, нима килай?" деб номланади. остидаги бир хазил шарҳда "тегма, бу Х (икс) " деб ёзилган. юқорида биз Хни кайси икки хорижий суз билан узгартирдик?
Жавоб: Doctor Web
Изох: Doctor Web таниқли антивирус илова. Web ўргимчак тўри деб таржима қилинади. Ундан ташқари бу илованинг логотипида ургимчак тасвирланган
https://dtf.ru/ask/154069-chto-delat-esli-v-moy-pk-postoyanno-zaselyaetsya-pavuk?comment=5591221
https://ru.wikipedia.org/wiki/Dr.Web

Савол


1965-йилда ишланган фильмда, икки оғайни ўзлари яратган қурилмани синаб кўриш вақтида Владимир Иосифович Векслернинг ихтиросини тилга олишади.
Сиз хам тарқатмада ўша ихтиронинг схемасини кўриб турибсиз.
Диққат, сиз бизга ўша фильмда айтилган Векслернинг ихтироси билан боғиқ машхур жумлани 3 сўзда адашмасдан ёзиб беринг.
Жавоб: Синхрофазотроннинг ишлаш принципи
Изоҳ: Леонид Гайдайнинг 1965-йилда ишланган "Операция ы ва Шурикнинг саргузаштлари" фильмида Дуб ва Костя имтихондан ўтиш учун тайёрланган ўзига хос радиоқурилмани синовдан ўтказиш жараёнида, 7-билетнинг 1-саволи яъни Синхрофазотроннинг ишлаш принципини ўзаро мухокама қилишади. Тарқатма бурчагидаги 7/1 рақами ҳам 7-билетнинг 1-саволига ишора эди.

Савол
Ushbu voqeadan 1 yil òtib, Nikolas Barbon òzining suģurta kompaniyasiga asos soladi. Keyinchalik kompaniya nomini IKSga òzgartiradi.


Biz sizdan qaysi voqea deb sòramaymiz, shunchaki yuqoridagi jumlada bir nechta harfi qoldirib ketilgan sòzni tòliq yozib berishingizni sòraymiz
Javob: Feniks
Izoh: 1666 yilda Londondagi yong'in zamonaviy yong'in sug'urtasiga asos bòldi desak bòladi. 1667 yilda Nikolas Barbon yong'indan sug'urtalashga ixtisoslashgan birinchi sug'urta kompaniyasi - "The Fire Office"ga asos soladi, keyinchalik uni "Feniks" ("The Phoenix") deb o'zgartiradi.
Manbaa:
https://ru.wikipedia.org/wiki/Великий_лондонский_пожар

Савол
Duplet.


1-savol. Maqolda Alfa boshqa sòzga almashgan.
Rus maqolini tinglang:
"Tònka òrmon emas, ahmoqona gap Alfa emas".
Alfani yozib bering
2-savol. Aforizmda X boshqa sòzga almashgan
Ashot Nadanyanning aforizmini tinglang:
"Uchta narsa qisqa bòlishi kerak:
Til, Yubka va X".
Xni yozib bering

Javoblar:


1. Maqol
2. Aforizm
Manbaa:
1. https://dslov.ru/pos/4/p4_43.htm
2. https://www.wisdoms.one/tsitati_pro_aforizmi.html

савол
Karikaturalardan birida sayr qilib yurgan qiz va uning oti Xni kòrib qoladi va ikkisi bir vaqtda WOW deya hayratga tushadi. Qiziģi ularning hayrati, ya'ni WOW sòzi 1ta speechbubleda tasvirlangan.


DS: Ular kòrib qolgan Xni ayting

Javob: Kentavr
No comment

Савол
Xabaringiz bor 25-avgust kuni Final òyini Istanbulda bòlib òtishi belgilangan bu mavsum YeChL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bòlib òtdi.


Marosim translyatsiyasi sharhlovchilaridan biri Davron Fayziyev marosim mehmonlaridan birini tanishtirib òtar ekan, "Usiz U" qabilidagi jumlalarni tilga olib òtadi.
DS. Uni xox bir sòzda xox 2 sòzda yozib bering
Javob: Oltintop
Qabul: Oltintòp, Oltin tòp
Izoh: Marasomda Turkiyalik sobiq futbolchi Hamid Oltintop ham ishtirok etdi. Sharhlovchi esa "Oltin tòp olmaganlar ichidagi Oltintop" deya hazillashib òtadi.
Biz ham savol kirish qismida final Istambulda bòlishini ta'kidlab otdik

Савол
Япон ХОККУсини тингланг :


Аклдан озган шамол
лекин факат ИКС
бошини йукотди

Shoir Faxriyor IKSga bagʻishlangan sheʼrini:


"Bahor desant tashlar bu yalanglikka" satrlari bilan boshlagan.

DIQQAT, Iksni topgan bòlsangiz, 1957-yilda realizm janrida nashr qilingan asar nomini yozib bering



Javob: Momoqaymoqli vino. Vino iz oduvanchikov javobi ham qabul
Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish