DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism:
a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
d) she’riy daqiqalar
Uy vazifasini so’rash va baholash.
Mustahkamlash.
1. Shevaga xos so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Shevaga xos so'zlar qanday so'zga qarama-qarshi qo'yiladi?
YANGI DARSNING BAYONI
1-topshiriq. Futbol, voleybol so'zlari ishtirokida gaplar tuzing.
2-topshiriq. Bu so'zlarning qaysi tildan olinganligini ayting? Shu kabi so'zlarga misollar keltiring.
3-topshiriq. Tilimizga qaysi tillardan so'zlar olinishi mumkinligi haqida o'ylab ko'ring.
Boshqa tillardan o'zbek tiliga kirib o'zlashib qolgan * so'zlarga olinma so'zlar deyiladi. ^ Masalan: radio, televizor, tramvay, kollej, litsey.
So'zlar bir tildan ikkinchi tilga xalqlar o'rtasidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa aloqalar natijasida o'zlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |