MASHQLAR BAJARISH
447-mashq. Bo'g'in ko'chirish qoidalari buzilgan o'rinlarni topib izohlang. Ularni to'g'rilab daftaringizga ko'chirib yozing.
A-ka-de-mik, a-ri-za, o-i-la-viy, o-lam, o-ri-yat-li, mu-do-fa-a, to- le-i, zo-o-park, mu-o-ma-la, e-lak, e-shit-moq.
448-mashq. Matnni o'qing. Tagiga chizilgan so'zlar keyingi qatorga qanday ko'chirilishini ayting.
Ulug'bek madrasasi Samarqanddagi XV asr me'morchiligining nodir namunasi sanaladi. Bino Ulug'bekning farmoyishi bilan 1428-1429- yillarda Cho'lponota tepaligidagi Obirahmat arig'i bo'yida bunyod etilgan.
Rasadxona 3 qavatli bo'lib, balandligi 30.4 m ga teng bo'lgan.
449- mashq. A. Oripov, 5 “v” - sinf, SamDU, 2010, «0'qituvchi-2002» so'zlarini harflar bilan to'liq yozing. Ularning bo'g'inlarga qanday ko'chirilishini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |