MASHQLAR BAJARISH
322-mashq. Gaplarni o'qing, takroriy so'zlarni topib, ular orqali ifodalanayotgan ma'noni tushuntirib bering.
1. Yarim kechada darvozaga o'rnatilgan qo'ng'iroq ustma-ust qattiq-qattiq jiringladi.
2. Zum o'tmay hovlida gurs-gurs tovushlar eshitilib, eshik sharaqlab ochildi-yu, uyga birin-ketin uch kishi kirib keldi.
3. Odamlar Maijontovga murojaat qilib, undan yomonlarning dodini berishni iltijo qilishardi. Hamon ahvol o'sha-o'sha! Hamon yomonlar otda, yaxshilar dog'da!
323-mashq. Quyidagi takroriy so'zlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi o'rniga diqqat qiling.
Pir-pir, lip-lip, taq-taq, chars-chars, oz-moz, qand-pand, yugur-yugur.
324-mashq. Quyidagi takroriy so'zlarning qaysi so'z turkumiga oidligini aniqlang va ularni guruhiarga bo'lib daftaringizga ko'chiring.
Dir-dir, duv-duv, omon-omon, shu-shu, mish-mish, sur-sur, hamma- hammaga, sekin-sekin, qop-qop, ayta-ayta, ming-ming.
Do'stlaringiz bilan baham: |