MASHQLAR BAJARISH
285-mashq. Gaplarni daftaringizga ko'chirib yozing. So'ng ravishlarni topib, ularga izoh bering.
1. Yurtimizni obod qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz.
2. Tez-tez kitob o'qib turilsa, fikr ravshanlashadi.
3. Qayerda ahillik bo'lsa, o'sha yerga qayg'u yaqin kelolmas.
286-mashq. O'yinimiz «Qanday?, qachon?, qancha?» deb nomlanadi. Bir o'quvchi istalgan fe'lni misol qilib keltiradi. Masalan: keldi. Qolgan o'quvchilar shu fe'l orqali ifodalangan ish-harakatning belgilarini topishga urinib ko'radilar: To 'satdan keldi, qo 'qqisdan keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |