MASHQLAR BAJARISH
451-mashq. «Birni birov beradi, ko'pni - mehnat» deganda nimani tushunasiz? Uni izohlab har bir so'zdagi urg'uning o'rnini belgilang.
452- tmashq. Quyidagi so'zlarning urg'usini qo'yib ko'chirib yozing. So'ng ularning talaffuziga e'tibor bering.
Qachondir, zakovat, yozamiz, do'stlarcha, yuzta, fidokor, hammamiz,
hech qanday, har bir, o'qish, o'qishing, o'qishimiz, o'qishimizda.
453- mashq. Gaplarni bir-biriga solishtiring. So'z ma'nolarining urg'uga ko'ra farqlanayotganiga diqqat qiling.
l.Chin inson birovga yaxshilik ko'zlar. Ko'zlar inson qalbining oynasidir. 2. Bog'lar yil sayin ko'payib bormoqda. Balki endi arqonni mahkamroq bog'lar. 3. O'zbek qizlariga atlas ko'ylak juda yarashadi. Geografiya o'qituvchimiz darsga atlas olib kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |