Darsni muhtahkamlash Darsni mustahkamlash uchun o‘quvchilarning o‘zi y=2sinx, y=sin2x, y=sin1/2x, y=2cosx, y=cos2x, y=cos1/2x funksiyalar grafiklarini chizish so‘raladi. O‘quvchilardan ushbu grafiklar orasidagi farq va o’xshashliklar haqida aytib berishlari kerak Guruhlardan joylariga qaytish so’raladi va har bir o‘quvchiga grafik chizish uchun koordinata o‘qi va funksiya nomi yozilgan varoqlar tarqatiladi, o‘quvchilar o‘zlariga berilgan koordinata o‘qiga berilgan funksiya grafigini chizish kerak bo’ladi. Bunga 3 daqiqa vaqt ajratiladi. Grafikni to‘g‘ri chizgan o‘quvchilarga rag‘bat kartochkalari berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |