Slayd 28
Ravishdosh. Fe’lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o’xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog’lanib, uning belgisini bildiradi. Solishtiring: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi.
Slayd 29
fe’l o`zak-negiziga unlidan so`ng –b, undoshdan so`ng –ib affiksini qo`shish bilan: o`qib, borib;
2) fe’l o`zak-negiziga unlidan so`ng –y, undashdan so`ng –a affiksini qo`shish bilan: o`qiy-o`qiy, bora-bora.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda, asosan, takroriy holda qo`llanadi;
-b (-ib), -a, -y affikslari bilan yasalgan ravishdosh qo`shma fe’l (sof fe’l) tarkibida etakchi qism vazifasida ham keladi: yoza boshladi, o`qib chiqdi kabi.
Slayd 30
3) –gani (-kani, -qani) affikslari bilan: o`qigani, aytgani kabi;
4) –gach (-kach, -qach) affikslari bilan: o`qigach, borgach kabi;
5) –guncha (-kuncha, -quncha) affikslari bilan: o`qiguncha, borguncha kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |