Kasblar, ayniqsa, ishchi kasblar moddiy jihatdan murakkab texnika bilan qurollanmoqda. Bu esa mehnat unumdorligini va mehnat madaniyatini ancha yuksak darajaga ko’taradi. Ishchilar mehnatni qo’l mehnatidan, jismoniy mehnatdan kuch ishlatiladigan mehnatdan tobora ko’proq ozod bo’lib bormoqda. Shuning uchun ishchi fan asoslarini, texnikani, texnologiyani, ekanomikani va ishlab chiqarishni tashkil etishni bilishi, bu sohada yaxshigina ilm olgan bo’lishi kerak. Kasb tanlash vaqtida o’zining jismoniy xususiyatlarini muhim kamchiliklarini bilmaslik yoki ularga yetarli baho bermaslik. Siz bilasizki, organizmning u yoki bu xususiyatlari tufayli sog’liqning uncha yaxshi bo’lmasligi sababli kishiga bir qator kasblar to’g’ri kelmasligi mumkin. Bunda o’sha odam kasbni egallab olishga qodir bo’lmasligi uchun emas, balki o’sha kasbda ishlash uning sog’lig’iga yomon ta’sir qilishi mumkinligi uchun ham unga bu kasb to’g’ri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |