Darsning ta’lim texnologiyasi



Download 0,53 Mb.
bet6/10
Sana26.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#128826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-reja хужайра янги

Sitoplazma giolaplazma va unda joylashgan organella va kiritma-lardan iborat. Organellalarga mitoxondriyalar, ichki to'rsimon appa-rat, hujayra markazi, donali va donasiz endoplazmatik to'r, lizosom va boshqalar kiradi. Sitoplazma atrofidagi muhitdan hujayra par-dasi (sitolemma) bilan, yadrodan esa yadro pardasi orqali ajrala-di. Sitolemma oqsil va lipid molekulalaridan tashkil topgan bo'lib, himoya, modda almashinuvi,transport vazifalarini bajara-di. U atrof-muhitdan har xil molekulalarni hujayra ichiga yoki tashqariga o'tishini ta'minlaydi. Organellalar hujayraning doi-miy maxsus qismlari bo'lib, ular orqali u o'z vazifalarini bajaradi.

Endoplazmatik to 'r sisterna, qopcha va yassilashgan xaltachalar-dan hosil bo'hb, yaxlit uzluksiz tarkibga ega. Ularning devorida may-da donachalar — ribasomalar joylashadi. Endoplazmatik to'rda oqsil sintezi ro'y beradi, unda ribasomalar muhim rol o'ynaydi. Ular oqsil sintezi markazi bo'lib, sitoplazmada erkin joylashadi yoki sitoplaz-matik to'r membranalari bilan bog'langan bo'ladi.

Hujayra ichi to'rsimon apparati yoki Golaji kompleksi xaltacha-lar, pufakchalar, sisterna, naychalar, plastinkalar majmuasidan tash­kil topgan bo'lib, biologik membrana bilan chegaralangan. U eri-trositlar va epidermisning muguz tanachalaridan tashqari odam or-ganizmining barcha hujayralarida uchraydi. Goldji kompleksi tarki­bida polisaxaridlar, oqsil-uglevod komplekslari sintezlanib yig'iladi, so'ngra hujayradan chiqariladi.

Mitoxondriylar ikki membranali organellalar bo'hb, ular orasida membranalararo bo'shliq joylashgan. Ichki membrana ko'plab bur-malar yoki kristalar hosil qiladi. Ular vositasida ichki membrana yu-zasi bir necha marta kattalashadi. Mitoxondriylar lipoproteudlardan tashkil topgan bo'hb, fermentlarga juda boy. Ular hujayraning nafas olish jarayonida ishtirok etadigan hujayra energetik tizimi hisoblana-di. Ular tashqi ta'sirotlar: muhit reaksiyasiga, osmatik bosim, harorat va boshqalarga juda sezuvchan.

Sitomarkaz yoki hujayra markazi sharsimon zich tana — sentros-feradan tuzilgan. Uning ichida yotgan ikkita zich tanacha — sentrio-lalar o'zaro perimichkalar bilan bog'langan. Ba'zi hujayralarda sen-triolalardan nursimon sfera (sharni) hosil qiluvchi ingichka tutamlar tarqaladi. Hujayra markazi yadrodan muayyan masofada joylashib, u hujayra bo'linishida ishtirok etadi.

Lizosomalar oval yoki yumaloq shaklda, tarkibida nozik donacha­lar tutuvchi tuzilmadir. Ular membrana bilan o'ralgan bo'lib, gidro-litik faollikka ega. Ularni hujayralarni fagositar faolligi bilan bog'lay -dilar.

Gialoplazma — sitoplazmaning asosiy plazmasi bo'lib, hujayra­ning haqiqiy ichki muhiti hisoblanadi. Hujayra ichi kiritmalari gia­loplazma bilan bog'langan. Trofik kiritmalar — oqsh, yog', glikogen, vitaminlar, pigment va ekskretor kiritmalar tafovut qilinadi.

Yadro odamning eritrosit va trombositlaridan tashqari barcha hu­jayralarida uchraydi. Yadro tarkibida DNK tutadi va u orqali yadro irsiy axborotni saqlash, uni yangi hujayralarga uzatish vazifasini baja-radi. Shu bilan birga, yadro oqsil sintezida qatnashuvchi ribonuklein kislotasi va ribosomalar materiali hosil bo'lishida qatnashadi. Yadro hujayra markazida joylashgan va u sitoplazmadan qobiq orqali ajral-gan. Yadro ko'pincha, sharsimon yoki cho'zinchoq shaklda bo'lib, ba'zida boshqa shaklarda ham uchraydi. Yadroning kattaligi 3 mkm dan 25 mkm gacha keladi. Eng katta yadro tuxum hujayrada bo'ladi. Odamning ko'pchilik hujayralari bir yadroli, lekin ikki yadroli (ge-patositlar, kardiomiositlar) va ko'p yadrolilari (mushak toiaiari) ham uchraydi. Yadroda yadro pardasi, xromatin, yadrocha va nukleoplaz-malar tafovut qilinadi. Yadro pardasi yoki karioteka, ichki va tash-qi yadro membranalaridan tashkil topgan boiib, sitoplasma va yad­roning tarkibiy qismlarini bir-biridan ajratib turadi. Yadro pardasi-da juda ko'p mayda mikroporalar bo'lib, ular orqali yadro va sitop-lazma orasida yirik molekulalar va ularning qismlari o'zaro almashi-nadi. Yadroning tarkibiy qismi suyuq, unda bitta yoki birnechta zich tanachalar — yadrochalar tiniq karioplazmada joylashadi. Yadro ka-rioplazmasida yana xromatin ham uchraydi. Yadroning asosiy mas-sasini murakkab yadro oqsillari — nukleoproteidlar tashkil etadi: yad­rocha ribonukleoproteidlar, karioplazma esa dezoksiribonukleopro-teidlardan iborat.

Hujayra muhim hayotiy: modda almashinish, ta'sirlanuvchanlik va ko'payish xususiyatlariga ega. Ko'p hujayrali organizmda u or-ganizmning ichki muhiti deb ataladigan qon va limfada yashaydi. Bu muhitdan hujayra ichiga hujayra pardasi orqali har xil modda­lar, ya'ni hujayraning tuzilishi uchun kerakli noorganik tuzlar, suv, vitaminlar, gormonlar va oksidlanish uchun kerakli kislorod kira-di. Glikoliz jarayoni kislorodsiz kechadi. Hujayrani hayot faoliyati-ning chiqindilari uning pardasi orqali chiqarib turiladi. Hujayraning mo'tadil hayot faoliyati atrof-muhitdagi tuzlarni ma'lum konsentrat-siyasida o'tadi. Odam hujayralari uchun bu konsentratsiya taxminan 0,9 %ga teng. Tuzlarning konsentratsiyasi oshganda (gipertonik mu-hit) suv hujayradan tashqariga chiqadi va hujayra burishib qoladi, ak-sincha, kamayganda (gipotonik muhitda) suv hujayra sitoplazmasi-ga kirib, unung shishishi kuzatiladi. Hujayra faoliyatining ko'rinish-laridan biri undagi sekretsiyadir. Hujayralar shilimshiqsimon modda (mitsin va mukoidlarni) ajratadi. U esa to'qimalarni mexanik shi-kastlanishdan himoya qiladi, hujayralararo moddalar shakllanishida ishtirok etadi.
Hujayralarning tashqi muhit ta'siriga o'z faoliyatining maxsus ko'rinishi orqali javob berishi qo'zg'aluvchanlik deb ataladi. Mu­shak nerv, bez to'qimalarda ta'sirga javob sifatida qo'zg'aluvchanlik vuz beradi. Hujayraning harakati xilma-xil bo'ladi. Eng ko'p tarqal-gani amyobasimon harakat hisoblanadi. Bunda harakat yo'nalishida bo'rtma - yolg'on oyoqchalar hosil bo'ladi. Bunday harakat leyko-sitlar va makrofaglarga (gistiositlarga) xos. Sirpanuvchan harakat yol-gon oyoqchalarsiz amalga oshadi. Bunday harakatni fibroblastlarda ko'rish mumkin. Juda yuqori tezlikdagi harakatni hujayralarning tana o'simtalari — kiprikcha va xuvchinlar amalga oshiradi. Erkaklar jinsiy hujayrasining harakati natijasida urug'lanish amalga oshadi.

Pusht organizmining o'sishi hujayralar miqdorini bo'linish yo'li bilan ko'payishi hisobiga boladi. Odam organizmida hujayralarning asosiy bo'linish usullari bo'lib mitoz, meyoz va amitoz hisoblanadi.

Hujayralarning mitotik bo'linishi organizmda hujayralar sonini oshishiga va organizmni o'sishiga olib keladi. (3-rasm). Mitozda hu­jayraning bo'linishi yadro moddasini (xromatinni) ikkita qiz hujay­ralar orasida teng taqsimlanishini ta'minlaydi. Bunda bo'linish bosh-lanishida yadrodagi barcha xromotin xromosomalarda to'planadi, so'ngra ular ikki bo'lakka ajra-ladi. Xromosomalarni yarmi ik­ki qiz hujayralar bo'ylab tarqa-ladi va ularning yadrolarida xro-motinni shakllantiradi. Mitoz 30 daqiqadan 3 soatgach davom eta­di. Mitotik bo'linishda to'rtta fa-za: profaza, metafaza, anafazava, telofaza tafovut qilinadi.
Profazada yadroda tayoqsimon yoki yumaloq xromosomalar shakllanadi. Hujayra markazi hajmi kattalashadi va yadroga yaqin joylashadi. Uning sentriolalari bir-biridan uzoqlashib sentrosferaning periferik qismida joylashadi. Xromosomalarning shakllanishi va yad-rochaning yo'qolishi bilah profaza yakunlanadi.

Metafazada xromosomalar parchalanib, yadro qobig'i yo'qolishi natijasida xromosomalar sitoplazmada erkin joylashadi. Hujayra mar­kazi duksimon shaklni olib, hujayraning o'qi bo'ylab joylashadi. Xro­mosomalar ekvator bo'ylab bo'linayotgan hujayraning sathini egalla-gan ekvatorial plastinka deb ataluvchi duklarni hosil qiladi. Metafaza har bir xromosomada bo'ylama yoriq hosil bo'lish bilan tugaydi.

Anafazada ona xromosomalarini ajralishidan hosil bo'lgan qiz xromosomalari sentriola duklari qutblarga tarqalib, ikkita bir xildagi kompleks hosil qiladi.

Telofazada qiz yadrolari shakllanadi va hujayra tanasining ikkiga bo'linishi, ekvotorial plastinka bo'ylab hujayra markaziy qismini in-gichkalashuvi natijasida yuz beradi.

Mitozda yadro o'zgarishlaridan tashqari sitoplazmadagi organel-lalarda ham bir qancha o'zgarishlar sodir bo'ladi. Mitotik bo'linish orqali qiz hujayralar ona hujayraga mos xromosomalar to'plamiga ega bo'ladi. Mitoz genetik turg'unlikni ta'minlaydi, hujayralar sonini oshishini, organizmni o'sishini va regenratsiya jarayonlarini ta'min­laydi.

Jinsiy hujayralar meyoz yo'li bilan bo'linadi. Bu hujayralarni bo'­linishi natijasida genetik axborotni uzatishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, yangi bir karrali (goploid) xromosoma to'plamiga ega hu­jayralar hosil bo'ladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi bilan ayollar jinsiy hu-jayralarining qo'shilishida (urug'lanish) xromosomalar to'plami ikki­ga ko'payadi va to'liq ikki karrali (dipioidli) bo'lib qoladi. Dipioidli zigotada ikkita bir xil xromosomalar to'plami mavjud. Odamda dip­loid xromosomalar soni 46 ga teng. Diploid hujayraning (zigotaning) har bir gomologik xromosomalar jufti tuxum hujayrani yadrosidan va spermatozoid yadrosidan hosil bo'ladi. Yetuk organizmning jinsiy hujayralarida kechadigan meyoz natijasida har bir hujayrada juft go­mologik xromosomalardan bittasi qiz hujayralarida namoyon bo'la­di. Bu meyozda DNK replikatsiyasi va yadroni ikki marta ketma-ket bo'linishi kechishi oqibatida bitta diploid hujayradan ikkita gaploid hujayra hosil bo'lgani uchun amalga oshadi. Har bir qiz hujayrada xromosomalar soni ona hujayra yadrosiga nisbatan (46) ikki marta

kam - 23 ta bo'ladi. Bu hujayralarda xromosomlar soni nafaqat ik­ki marta kamayadi, balki ularda xromosomalardagi genlarning joy-lashishi ham o'zgaradi. Shuning uchun yangi organizm nafaqat ota-ona belgilarini yig'indisini, balki xususiy alomatlarni ham o'zida mu-jassamlashtiradi.



Amitoz organizmni barcha to'qimalarida uchraydi. Bu bo'linish yadrochani ingichkalashib bo'linishidan boshlanadi. Awal yadro ik­ki qismga bo'linadi, so'ngra sitoplazma.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish