II O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzu so`rab mustahkamlanadi, uyga vazifa tekshiriladi. Aylanma daftarlar almashtiriladi.
Husnixat daqiqasi Hisobli do`st ayrilmas.
O`quvchilarning yozuvini nazorat qilinadi. Husnihat bilan yozish aytiladi.
“Bilimdonlar” guruhi. “Zukkolar” guruhi.
1.Vatanimizning nomi nima? 1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
2.O’zbek tiliga kim asos solgan? 2.Jo`ra bobo ketayotganda nega ko`zlariga yosh oldi?
3. 1000 va 2 sonining bo`linmasi? 3.Kometalar nima?
4.Uyushiq bo`laklar nima bilan bog`lanadi? 4. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
5.A. Navoiyning qaysi buyuk asarini bilasiz? 5.Odobning boshi nima?
6. Kubning yoqlari nechta 6.Nutqning qanday shakllari bor?
“Donolar” guruhi.
1. Ustoz va murabbiylar kuni qachon nishonlanadi? 4. 40 va 5 sonlarining ko`paytmasi necha bo’ladi?
2. So`z turkumlari qaysilar? 5.Qishlog`ining xaritasini kim chizdi?
3.O’zbek alifbosida nechta harf bor? 6. Meteorlar nima?
III Yangi mavzuning bayoni .
O`qituvchi: Bugun biz siz bilan tovushlar va harflar mavzusini o`rganamiz.
1.O`zbek alifbosida nechta harf bor?
2.Nechta tovush bor?
3.Unli va undosh tovushlar nechta?
4. Harf birikmasi nechta va qaysilar?
90-mashq. She`rni ifodali o`qing. She`r nima haqida yozilgan. Mashq sharti o`quvchilar tomonidan o`qiladi.
Vatanni sev, tuprog`ini o`p: Har qarichi muqaddas bizga.
Cho`lidagi hatto quruq cho`p Jondan aziz yuragimizga.
-Ajratilgan so`zlarda nechta tovush bor?
-Ular nechta harf bilan yozilgan?
-She`rning misralari qanday harf bilan boshlangan?
— Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo`yilgan?
— She`r necha misradan iborat?
— She`r misralaridagi qofiyadosh so`zlarni toping.
Vatanni- so`zida 7 ta tovush, 7 ta harf bilan ifodalangan. Qarichi-so`zida 6 ta tovush, 6 ta harf bilan ifodalangan. Muqaddas-so`zida 8 ta tovush, 8 ta harf bilan ifodalangan.
O`quvchilar ajratilgan so`zlarni doskaga yozadilar. O`z guruhlariga rag`bat kartochkalari olib beradilar.
O`qituvchi: Bizning nutqimiz so`zlardan iborat. So`zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko`ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so`zlar bir – biridan farqlanadi: tut, tol, til
1-topshiriq: multimedia orqali. O`qing. Nuqtalar o`rniga so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo`ying. Topshiriqni bajarish uchun qavs ichidagi harflarni qo`yish lozim.
91-mashq. O`qing. Ko`chiring. So`z ma`nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizing. So`zlarning ma`nosini tushuntiring. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O`ylab ko`ring.
O`quvchilar mashqni ekranda va doskada bajarib rag`batlantiriladilar.
Mard-mart, yod-yot, sop-sof. Shoh-shox, xush-hush, uxladi-uhladi, asr-asir, asl-asil.
Mard-qo`rqmas, dovyurak, botir,mart-bahor faslining birinchi oyi, yod-eslamoq, yodga olmoq,yot-yotmoq, uxlamoq, sop-ketmonning, o`roqning dastasi, ushlagichi, sof-toza, tiniq. Shoh-podsho,shox-daraxtning molning shoxi, xush-xush kelibsiz, xush ko`rdik,hush-esi, xayoli, uxladi-yotdi, dam oldi,uhladi-uh tortdi, asr-100 yil,asir- tutqin, bandi, asl-asl nusxasi, aynan,asil-noyob, nodir.
Dam olish daqiqasi. O`quvchilar inglizcha qo`shiq aytadilar.
92-mashq. O`qing. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko`chiring.Tekshiring. So`zlarning yozilishini esda tuting. Havo, baho, Kamol, Shavkat, shavla, davlat. Oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod. Chumchuq, supurgi, tutun, kumush, qulupnay.
Do'stlaringiz bilan baham: |