Dars bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
|
Тashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
7 daqiqa
|
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
|
Rag’batlantirish
|
3 daqiqa
|
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi.
I. Тashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
d) sinf xonasini tekshirish va navbatchiga axborotini eshitish.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash
O`quvchilardan zanjir usulida so`rab baxolanadi.
III. Yangi mavzu bayoni
QISH ERTAGI
Aziza Ahmedova
Havo soviy boshlabdi. Sovuqdan dir-dir qaltirashayot- gan Tipratikan, Qizilishton, Quyon bir joyga yig‘ilishib, suhbat qurishibdi.
- Men qiladigan ish qolmadi, endi dam olaman, - debdi Qizilishton.
- Nimalar deyapsan, hoy o‘rmon shifokori? - debdi unga Quyon. - Nahotki endi hech kimga keraging bo'lmasa?
- Voy, voy, voy! Shunaqa ham sovuq bo'ladimi? Endi qayerda jon saqlaymiz? - deya baroqdum Tulki kelib qolibdi. Tulkini ko‘rgan Quyonning jon-poni chiqib ketibdi.
Shu payt Qizilishton:
- Kelinglar, bir boshpana topaylik. Qishga kerakli hamma narsani uyga tashib olamiz-da, yashayvera- miz, - debdi.
- Yaxshi taklif. Lekin sizlarning qishga g'amlagan- laringizni biz, tulkilar yeya olmaymiz. Bizga tovuq, quyon, qush go'shti kerak, - debdi-da Tulki ko'zlarini surbetlarcha Qizilishtonga qadabdi. So‘ng sal nariroq- qa, quyuqroq butalarning orasiga kirib olibdi. Qi¬zilishton ham qaltirab, qo'nib turgan butog'iga mah- kamroq yopishib olibdi va:
- Yegulik haqida keyin o‘ylab ko'rarmiz. Hozir bosh¬pana masalasini hal qilaylik, - deb Quyonga o‘girilibdi.
Quyonlar yig'ilishibdi. Tulki ham ayyor do'stlari bilan shu yerga kelibdi. Ular birgalikda boshpana qidira bosh- labdilar.
Tulkilardan biri boshqasining qulog'iga shivirlabdi:
- Qornim rosa ochdi-da, kel, mana bu quyonlardan bir-ikkitasini maza qilib tushiraylik.
- Yo‘q, yo‘q, biroz chidash kerak. Keyin hammasi o'zimizniki boladi, - debdi boshqa Tulki.
Hayvonlar oxiri bir g‘or topishibdi. G‘or kichikroq ekan, bu quyonlarga yoqib tushibdi.
- Yaxshi joy ekan, faqat biz sig'amiz, bolalari bilan Tipratikanga ham joy topilib qoladi. Biroq Tulkixon bilan do'stlari o'zlariga boshqa joy topishlari kerak, shekilli, - debdi Quyon.
Quyonning gapiga Tulkining jahli chiqibdi. Ammo jahli chiqqanini sezdirmabdi.
- G'orni biz ham izlashdik. Quyonlar biroz siqilishsa, joy hammamizga yetadi, - debdi Tulkivoy.
- Yaxshisi, g'orga sizlar avval kirib ko'ringlar, sig'sanglar sizlarniki, - debdi Quyon. Bu gap tul- kilarga ma’qul kelibdi. Ular g‘orga kirishibdi. Qancha
siqilishmasin, tulkilarning hammasi g'orga sig'mabdi. Buni ko'rgan Tipratikan tulkilarga qarab:
- Quyonning gapi to‘g‘ri. Sizlar o'zingizga joy topishingiz kerak, boshqa iloj yo‘q, - debdi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
O`quvchilar sinf tahtasiga chiqib hayvonlar rolini bajaradilari.
V. Baholash
Bunda darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan baxolanishadi
VI. Uyga vazifa:
Qish ertagi mavzusidagi matnni o`qib kelish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. 3-sinf o`qish kitobi.
2. Didaktik o`yinlar qo`llanmasi.
4. Ziyonet.uz sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |