rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish; husnixat malakasini rivojlantirish; FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: savol-javob,“Aqliy hujum” metodi, guruhlarda ishlash,”O‘rnini top?” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozi: komyuter, kartochka va rasmlar, tarqatma materiallar, test, rag’bat kartochkalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O‘quvchilar o‘zbek va ingliz tilida salomlashadilar.
Salom shirin so‘zimiz
Salom deymiz o‘zimiz.
Odob bilan aytamiz,
Assalomu alaykum.
Kirish suhbati.
-Hozir qanday dars? (Hozir ona tili darsi.)
O‘qituvchi ona tili haqidagi she’r bilan darsni boshlaydi.
Ona tilim , jon tilim .
Sen o‘zingsan , jon dilim .
Yuragimning to‘rida
Sayrab turgan bulbulim
Sen borsan , men tirikman ,
Suyumliman,suyukman .
Men sen bilan ardoqli ,
Men sen bilan buyukman .
-Bugun sinfda kim navbatchi?( Navbatchi axboroti eshitiladi.)
O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.
O‘qituvchi tomonidan dars nomi va dars shiori e’lon qilinadi.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va nomlanadi. Guruhlarga har xil rangdagi konvert tarqatiladi. Konvert ichida rangli qog’ozdan qirqilgan turli shakldagi gullar solingan. Gullar soni 10-20 ta bo‘lishi lozim. Doskaning 4 ta qismiga A-4 qog‘oz yopishtirilgan bo‘lib, har bir guruh dars yakunigacha o‘z gulzorini yaratishi kerak.
Topshiriqlarga to‘g‘ri javob bergan o’quvchi o‘z guruhidagi konvert ichidan gulni olib doskadagi o‘z maydoniga yopishtirib qo‘yishi va obodonlashtirishga hissasini qo‘shishi mumkin.
1-guruh:«Ot»
Shaxs va narsaning nomiman,
Deyishadi meni ot,
So‘roqlarim Kim? Nima?
Men bilan ko‘ngillar shod.
2-guruh:«Sifat»
Narsaning belgisiman,
Katta-yu kichik, ko‘rkam,
Qanday, qanaqa so‘rog’im,
Latofatga makon qalbim.
3-guruh:«Son»
Sonning asli nomini,
Narsaning son-sanog‘ini
Gohida tartibini ,
Anglataman barini.
II. Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Mening ikki onam bor:
Ikkisi ham mehribon. ( Uyg‘un)
|
Uy vazifasi aniqlanadi.259-mashqning bajarilishi o’qituvchi tomonidan tekshiriladi.
Mashq yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
- She’r nima haqida ekan?
-Do‘st deganda nimani tushunasiz?
-Do‘st og‘ir kunda o‘z do‘stiga qanday yordam beradi?
“Kungaboqar” metodi orqali Do‘st so‘ziga ta’rif beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |