Inklar madaniyati: Amerikada hozirgi Peru davlati hududida yashovchi inklar ham o’z davlatlarini tashkil etganlar. Davlatni oliy hukmdor – Oliy Inka boshqargan. Oliy Inkaning yaqin qarindoshlari bo’lgan erkaklar o’zlarini “Quyosh o’g’illari” deb atashardi. “Quyosh o’g’illari” davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Inklar iplarni turli ko’rinishda tugish yo’li bilan o’ziga xos yozuv yaratganlar. Bu yozuv “kipu” deb atalgan. Ink zargarlari ibodatxonalarda “Oltin bog” barpo etganlar.
Pasxa oroli sirlari: Pasxa oroli hozirgi Chili davlatiga tegishli. Orol Tinch okeanida joylashgan. Orol 1722-yilda gollandiyalik dengiz sayyohi Yakob Roggeven tomonidan kashf etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |