III.Yangi dars mavzusini tushuntirish: Yangi mavzu bayoni quyidagi reja asosida kichik ma’ruza shaklida (aqliy hujum asosida) tushuntiriladi.
Ma’ruza rejasi:
Qadimgi Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti.
Mesopotamiya aholisining mashg’ulotlari.
Shahar-davlatlar.
Gilgamish haqidagi rivoyat.
Akkadning yuksalishi.
Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikki daryolik yoki Ikki daryo oralig’i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko’chib joylashganlar. Tabiiy sharoitiga ko’ra Mesopotamiya Misrni esga soladi - daryolarning doimiy toshqini, jazirama havo, ishlov- berish uchun qulay serunum yerlar, o’rmonlar va botqoqlar esa sira uchramaydi. Qishda surunkali yomg’ir va daryolar toshqini boshlanadi. Shu sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy miflardan biri - Yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi To’fon rivoyati dunyoga keldi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli "hayot daraxti" deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogrammgacha hosil bergan. Xurmo ,mevasidan asalga o’xshash moу siqib olingan. Daraxt poyasi qurilish materiali va o’tin sifatida ishlatilgan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun уem tayyorlangan. Xurrno danaklarini shuningdek temirchilik ustaxonalarida o’tin o’rnida ham ishlatishgan. Yog’och beradigan o’rmonlar bo’lmagani uchun uylarni tuproq va toshdan qurishgan. Miloddan avvalgi IV mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga akkadlar o’rnashdi. Мil. avv. III mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo’lgan. Dajla va Frot daryolari har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan. Mesopotamiyada yog’och, tosh, metall singari xo’jalik uchun zarur materiallar bo’lmagan, ammo don mo’l-ko’l yetishtirilar, chorva mollari tuyog’i ko’p edi. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug’ullanadi. Qo’shni Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noуob toshlarni keltirishardi. Suriyadan esa kedr (sidra) yog’ochi keltirilar edi. Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol-yarog’ va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko’rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og’irlik o’lchovi bo’lgan "mino" 550 gramm kumushga barobar edi. Mil.avv.4-mingyillikda shumerlar eng qadimgi yozuv - mixxatni ixtiro qilishgan. Shumerlar qo’li gul quruvchilar va hunarmandlar bo’lishgan. Shumerlar uchi o’tkirlangan tayoqchalar bilan loy - taxtalarga yozishgan. Zargarlik san’ati shumerliklar orasida yuksak darajaga ko’tarildi. Qo’li qul ustalar oltin va kumushdan har xil zeb-ziynatlar yasashgan. Vaqt o’tishi bilan asta-sekin manzilgohlar nihoyatda kengayib ketdi, miloddan avvalgi IV mingуillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi. Ular shahar-davlatlar deb nomlangan, shaharning o’zi va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo’lgan. Har bir shaharning hukmdori oily xudo - shahar homiysi hisoblangan. Xudo nomidan kohinlar hukmdorlik qilar, xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi edi. Quyosh xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor iloh bo’lgan. Shamash oliу hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, Oу xudosi Sina, suv xudosi Ea hosildorlik va sevgi, hamda urush va g’alaba ilohasi Ishtar esa ikki yuzli bo’lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari zikkuratlar xom g’ishtdan terib chiqilgan muhtasham inshoot ko’rinishida bo’lgan. Shahar-davlatlar tepasida hukmdorlar turardi. Bundan 5000 уil muqaddam Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi Ur shahri bo’lgan. Arxeologlar qazib ochgan podsholar maqbarasidan topilgan topilmalar ham Urning kuch-qudratidan dalolat beradi. Bular oltin buyumlar, dabdabali qurol-yarog’lar, kumush idishlardir. Mesopotamiyadagi katta-katta yer mulklari hukmdorlar va kohinlar qo’l ostida bo’lgan. Dalalarga qullar va erkin уollanma mehnatchilar ishlov berishgan. Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga egalik qilar edi. O’z oilasini boqish uchun kambag’allar podsho va ibodatxona mulklarida mehnat qilar edilar. Miloddan avvalgi III mingуillik o’rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko’pgina shaharlari Lagashga qo’shib olindi. Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko’chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga borar edi. Qurilish tosh, xom va pishgan g’isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan hashamatli bezatilgan edi. Ibodatxonada qazilgan hovuzda baliqlar suzib yurardi, shuningdek, kaptarlar kun kechiradigan bog’, hamda turli hayvonlar va qushlar yashaydigan tomoshabog’ ham barpo etilgan. Urush paytida shahar aholisi sardorni saylagan. Bora-bora Ularning nufuzi ortdi, sardorlar muntazam hukmronlik qila boshladilar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shahar - davlatni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo’shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilar edi. Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamish Uruk shahri podshosi bo’lgan, haуoti keyinchalik ko’plab afsonalarga burkandi. Afsonada aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelgandan keyin mamlakat hukmdori bo’lmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan vahimaga tushib tashvishlangani sababli Gilgamishni jarga tashlab yuborishga farmoyish beradi. Jarga uchib ketayotgan Gilgamishni burgut tutib olib ko’tarib ketadi, bir bog’bonga eltib beradi, bog’bon Gilgamishni mehr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog’atga yetgan Gilgamish bobosidan hokimiyatni tortib oladi, o’zi Uruk shahrini boshqarishga kirishadi. Gilgamish Enkidu degan pahlavon bilan do’st tutinadi. Ikkalasi bir bo’lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadilar, buning uchun xudolar Enkiduni jazolaydilar va qahramon qazo qiladi. Boqiy hayotga erishish uchun Gilgamish dengiz tubida o’sadigan sehrli giyohni izlab topadi, uni O’z xalqi bilan baham ko’rishga qaror qiladi. Ammo iziga qaytayotganida bir ko’lda cho’milib turganida gulning isini ilon sezib qoladi va mehrigiyoni o’g’irlab ketadi. O’shandan beri, afsonada aytilishicha, ilonlar har уili po’stini tashlab yasharadi. Gilgamish esa jonajon shahri devorlari uni xalos etishini, ezgu ishlari o’zini umrboqiy qilishini tushunib yetadi. Shahar-davlatlar bir-birlari bilan tinimsiz urushar edi. Ana shu urushlar natijasida Sargon I butun Shumer podshosi bo’lib oladi. Мil.avv. III mingyillikning o’rtalarida u Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etadi. Jahon tarixida birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo’lgan, keyin esa Sargonga ko’plab shaharlar va mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan katta armiyaning asosiga aylandi. Sargon Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab oldi. O’z hukmronligining so’ngida Sargon I "to’rt iqlim mamlakati podshosi" unvonini oldi. Yagona davlat uzoq yashamadi. Sargon vafotidan keyin bir biri bjlan kurashni davom ettirgan ko’plab shahar-davlatlarga bo’linib ketdi. Mil.avv. II mingyillikda Shumer-Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalandi.
Kichik ma’ruzadan keyin o’quvchilar darslikning mavzuga taalluqli 9 ta (Xurmo daraxti; Mesopotamiya xaritasi; Kotib ish ustida; Akkad pichoq, qin, idish va taqinchoqlari; Ishtar; Shumerning Ur shahri; Urdagi katta zikkurat; Shoh Sargon I; Gulni olib qochayotgan ilon) rasm-illustratsiyalardagi voqea yoki tarixiy jarayon haqida ma’lumot berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |