Darsning mavzusi: NAZORAT ISHI - IV
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o`quvchilarning bilim darajasini aniqlash va mustahkamlash
Tarbiyaviy: o`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish
Dars turi: nazorat-sinov
Dars uslubi: yozma
Dars usuli: test
Dars jihozi: darslik, nazorat daftarlari, qo`llanma, test savollari
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II. Nazorat ishini bajarish 40 daqiqa
III.Dars yakuni 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, nazorat daftarlarini tarqatish, ishning mazmuni bilan tanishtirish
II. Nazorat ishini bajarish:
1.Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida mustaqilligini
saqlab qolgan O’rta Osiyo davlati qaysi?
A)Ahamoniylar; B) Xorazm; C) Qang’; D) Dovon.
2. Qang’ davlatiga qaysi qabilalar aos solgan?
A) Xorazmliklar; B) Saklar; C) Massagetlar; D) Xitoyliklar.
3.Birlashgan yuechji qabilasining birinchi hukmdori kim?
A)Kudzula Kadfiz; B)Vima Kadfiz; C)Kanishka; D)Ashoka.
4.Kushon davlatiga asos solgan yuechji qabilalari qachon Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirdi?
A)mil.avv.140-130 yillarda; B)mil.avv.130-120 yillarda;
C)milodiy 140-130 yillarda; D)130-140 yillarda.
5.Buyuk Ipak yo`lining uzunligi qancha?
A)12 chaqirim; B)1200 kilometr; C)12ming km. D)120 ming km/
6. Italiya qayerda joylashgan?
A)Apennin yarim orolida; B)Bosfor bo`g`ozida;
C)Pireney yarim orolida; D)Rimda.
7.Rim respublikasiga oid atamalarni mazmuni bilan muvofiqlashtiring:
1)respublika, 2)konsul, 3)veto, 4)xalq tribuni.
a)respublikaning bosh mansabdor shaxslari, b)xalq ishi,
c)senatda Rimning qashshoq aholisi vakili, d)taqiqlayman.
A)1-d, 2-c, 3-a, 4-b. B)1-b, 2-a, 3-d, 4-c.
C)1-b, 2-d, 3-c, 4-a. D)1-a, 2-b, 3-d, 4-c.
8.Qadimgi Rim forumidan nimalar o`rin olgan edi?
A)senat binosi altar va ibodatxona;
B)konsullarning uylari, bozor maydoni, kolizey teatri
C)bozor maydoni, yig`ilish joyi va ibodatxona.
D)senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxona.
9.Qadimgi rimliklarda qaysi ilohaning qo`lida aybdorlik va aybsizlikni taqqoslab beradigan tarozi bo`lgan?
A)Venera; B)Yustitsiya; C)Diana; D)Fortuna.
10.Mil. avv.216-yilda Kann yaqinidagi jangda qancha rimlik legioner halok bo`lgan?
A)50ming, B)35ming, C)70ming, D)60ming.
11.Nima sababdan Rim va Karfagen o`rtasidagi urushlar tarixda ”Puni urushlari” nomini oldi?
A)Yunonlar Karfagenni Puna deb atagani bois.
B)Rimliklar Karfagenni Puna deb atagani bois.
C)Rimliklar O`rta yer dengizini Puni deb atagani uchun.
D)Urushlar boshlanishiga Sitsiliyadagi Puna shahriga da`vogarlik bo`lgani bois.
12.Vandal qabilalari Rim shahrini qancha muddat talaydi?
A)o`n kun davomida, B)bir hafta davomida,
C)uch kun davomida, D)ikki hafta davomida.
13.Qaysi imperator o`limidan so`ng Rim imperiyasi G`arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi?
A)Feodosiy, B)Konstantin, C)Oktavian, D)Avreliy.
14.Qadimgi Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog`onasida turuvchi xalqlarni qanday nomlashgan?
A)patritsiylar, B)varvarlar C)plebeylar, D)kolonlar.
15.Milodiy 410-yilda gotlar Rimni qurshab olib, tor-mor etadilar. Ularning boshchisi kim edi?
A)Attila, B)Romul, C)Gasdrubal, D)Alarix.
16.Quyidagi qaysi javobda Rim imperiyasining so`nggi imperatori to`g`ri ko`rsatilgan?
A)Alarix, B)Romul, C)Gasdrubal, D)Attila.
17.Qadimgi Rimda quldorlar tomonidan kichik yer, mehnat quroli, urug` bilan ta`minlangan qullar qanday atalgan?
A)kolonlar, B)kulbali qullar, C)gladiatorlar, D)plebeylar.
18.Qadimgi Rimda Spartak qo`zg`oloni ishtirokchilari soni qanchaga yetdi?
A)200 ga yaqin, B)10 ming, C)3ming, D)6 mingdan ziyod.
19.Sezarga qarshi uyushtirilgan fitnaga kim boshchilik qilgan?
20.Qadimgi Rim gladiatorlari ishlatgan uch ayrili nayza qanday nomlangan?
21Rimlik aholi uchun imperatorlar qurdirgan bino?
22.Rimliklar qanday qurilish materialini kashf etdilar?
23.Iso payg`ambarni o`limga mahkum etgan rim noibi kim?
24.Rimdagi misrlik ibodatga qayerga borgan?
25Xristian dini qayerda vujudga kelgan?
test kaliti
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
j
|
B
|
B
|
A
|
A
|
C
|
A
|
B
|
C
|
B
|
C
|
B
|
D
|
A
|
B
|
D
|
B
|
B
|
B
|
19.Brut. 20.changak
21.term 22.beton
23.Pontiy Pilat. 24.Panteon
25.Falastin
Do'stlaringiz bilan baham: |