Darsning mavzusi: Kirish darsi Darsning maqsadi



Download 1,7 Mb.
bet182/302
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#212632
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni:

Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadi: “Arastu”, “Gerodot’, “Arximed”, “Suqrot”, “Platon”.

Guruhlarga o`tilgan darsda berilgan topshiriqlar bo`yicha o`z guruhining nomi bilan atalgan donishmand yoki olim haqida ma`lumot berishi so`raladi. Javoblar tinglangach o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi va umumlashtiriladi.

Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo’lgan donishmandlar, hayot murabbiуlari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilib ko’rishgan. Ular o’simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o’rganishgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Уer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. "Bir daryoga ikkinchi marta sho’ng’iy olmaysan", "Нamma narsa oqadi, hech narsa bir joyda turmaydi" degan mashhur hikmatlar unga mansubdir. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan degan ma’nodagi fikrni bayon etgan edi. Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib oldi. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mumkin?" deb so’raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni to’sib qo’yding!" deya kinoya qilgan ekan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan Gerodot «Tarix» deb nomlangan kitob yozgan. Misr, Mesopotamiya va Shimoliy Qora dengizbo’yi koloniyalari bo’ylab sayohatini nihoyasiga yetkaz­ganda Gerodotni hali Yunonistonda birov tanimas edi. O’z vatandoshlarini "Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix" asari bilan tanishtirganidan so’ng birdaniga mashhur kishiga aylandi. Tirikligidayoq Gerodotga "tarixning otasi" degan unvon berilgan edi. Qadimgi yunon olimi Aristotel to’plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta’riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan Yunon fizigi va matematigi Artimedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig’ini takrorlab yurishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo’lib ketgan bir ibo­rani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho’ng’igan olim tim­soliga aylangan.

Afinalik mashhur faylasuf Sokrat (O’rta Osiyoda keyinchalik «Suqrot» tarzida aytilgan) o’zining dono hik­matlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi. Bunga javoban Sokrat shunday debdi: "Mening donishmandligim shundaki, kamina faqat hech nimani bilmasligimni bilaman, xolos!" Sokrat hech mahal o’z asarlarini qog’ozga tushirmagan. Sokratning g’oyalari Atlantida degan xaуoliу (ideal) davlat to’g’risida ta’limotni yaratgan Platon degan tag’in bir yunon faylasufining muloqotlari orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni endilikda «Aflotun» sifatida ham bilamiz. Darvoqe, bizgacha Sokratning mashhur bir hikmati ham yetib kelgan: "Xudo bizning o’zimizdadir!" Sokrat fuqarolarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Delfiya ibodatxonasidagi bitik uning sevimli hikmati ekan: "O’z o’zingni anglagin va bilgin!" Muxoliflari bilan dialoglarida Sokrat Уaxshilik va Уomonlik nima degan masalaga javob berishga harakat qilib ko’rgan. Уomon, aldoqсhi va shafqatsiz bo’lishga qaraganda yaxshi, halol, rahmdil bo’lish ancha yaxshiroq, deb uqtirgan faylasuf. Sokrat ayniqsa ochko’zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan. Bozor bo’ylab sayr qilib yurganida shunday degan ekan: "Bularsiz ham kun kechirish mumkin bo’lgan shuncha narsalar borligi ham qandoq yaxshi!" Sokrat dunyoda Ezgulik qonunlari mavjudligini, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakligini isbotlagan. Afinadagi ba’zi tartibotlarni qo’rqmasdan tanqid qilgani sababli uni o’limga mahkum etishgan. Sokratning boshqa bir davlatga qochib ketish imkoniyati bo’lsa-da, rad etgan. Sokrat tarixda odamiylik, sabr-matonat va jasurlik timsoli bo’lib qolgan.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish