Darsning mavzusi: Kirish darsi Darsning maqsadi



Download 1,7 Mb.
bet126/302
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#212632
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish, darsga jalb qilish, ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II.Uy vazifasini tekshirish:

Topshiriqlar:

1.Sin Shixuandi. 2.Buyuk Xitoy devori. 3.Xalq qo`zg`olonlari. 4.Ixtirolar

III.Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu bayoni quyidagi reja asosida kichik ma`ruza shaklida (aqliy hujum asosida ) tushuntiriladi.

Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massaget gabilalari yashaganlar.

Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud So‘g‘diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan aholi

so‘g‘diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari



baq triyaliklar bo‘lib, ular Surxon vohasi, Afg‘onistonning shimoliy, Tojikiston ning janubiy

hududlarida joylashgan. Yu non-rim muallifl ari u yerlarni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.

Cho‘llar va Amudaryo (daryoning qadimgi nomi Oks) bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida yashaganlar.

Ikkinchi guruhi saka-tiay-taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar.

Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada saka-xaumovarka deb ataluvchi ya’ni muqaddas ichimlikka sig‘inuvchi saklar yashagan.

Bu davrlarda Xorazm, So‘g‘d va Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan

dehqonchilik bo‘lgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq ham ancha rivoj topqan. Manzilgohlardan

yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza bu yumlar topilgan. Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilarni boqqanlar.

Chorvadorlar hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g‘alla va mevaga ayirboshlaganlar.

Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edi. Qadimshunoslar Afrosiyob(Samarqand), Yerqo‘r g‘on va Uzunqir(Qash qadaryo vohasi), Ko‘ zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo vohasi) kabi qadimiy shaharlarni o‘rganishgan. O‘zbekistonning bunday qadimiy shaharlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? Qadimgi shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Shaharda hokim yashaydigan qal’a bo‘lgan. Qal’ada xom g‘ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. Devorning burjlari va o‘q otish uchun maxsus shinaklari ham bo‘lgan. Shahar ichkarisida turar joylar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunarmandchilik markazlari bo‘lsa, boshqalari alohida tuman va viloyatlar markazlari hisoblangan.




Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish