II.Yangi mavzu bayoni:
Qadimgi Yunoniston - Bolqon yarimoroli va O’rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi. Qadimgi yunonlar bu mamlakatni Ellada, o’zini ellinlar deb atagan. Hududi uncha katta bo’lmasa-da, Yunoniston jahon tarixida ulug’vor va betakror ahamiyatga ega. Shimol tarafidan tashqari Qadimgi Yunonistonni O’rtayer dengizi o’rab turadi. Bolqon yarimorolining sohilbo’yi chizig’i egri-bugri bo’lib, dengiz quruqlik ichkarisiga ancha joygacha kirib boradi. Yunoniston hududining uchdan bir qismini tog’lar egallagan. Yunonistonning eng baland tog’i Olimpdir. Bu tog’ mamlakatning shimoli sharqiy qismida joylashgan. Serunum dalalar faqat vodiylarda bo’lgan. O’rmonlar kam. Tog’lar o’t-o’lanlar va butasimonlar bilan qoplangan. Ninabargli o’rmonlar Yunonistonning shimolida va Peloponnesda o’sgan, yunonlar uchun nihoyatda qadrli bo’lgan. Butasimon daraxtlardan o’tin sifatida foydalanilgan, ularning po’stlog’i va barglari echkilar va qo’ylarga yemish o’rnida berilgan. Qadim zamonlarda Yunoniston tog’larida to’ng’iz, ayiq, bo’ri va hatto arslon yashar edi. Yunoniston tog’larida temir va mis rudasi, marmar hamda kulolchilik hunarmandchiligi uchun qulay sog’lom tuproq bo’lgan. Yunonlar qadim o’tgan zamonlarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishgan. Dehqonchilik mehnat quroli esa omoch edi. Qo’y-echkilarni boqib ko’paytirishgan. O’q-yoydan qurol sifatida foydalanishgan. Miloddan avvalgi II mingyillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos. Мil. avv. II mingyillikda Krit orolida sivilizatsiya vujudga keladi. Afsonaviy podsho Minos nomi bilan uni Minoy sivilizatsiyasi deb atashgan. Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo’lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo’ldi. Кo’p o’tmay qayta tiklangan. Mil. avv. 1450 yillarda qit’adagi Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kiradi, uning muqim aholisini axeylar deyishgan. Aуnan axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo’lishini nihoyasiga yetkazdilar. Egey dengizidagi ko’p sonli katta kichik orollar; qulay gavanlar va buxtalar yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib berdi. Biroq yunonlarda katta kemalar bo’lmagan, kichkina eshkakli qayiqlarda esa sohildan yiroqqa suzib borish ancha xatarli edi. Bundan tashqari, yunonlarda hali kompas bo’lmagan, adashib qolishdan xavfsirab, ular ko’z ilg’aydigan qisqa masofalarga - oroldan orolga yoki sohil yaqinida suzishardi. Tajribali dengizchilar esa yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga Misrga hamda O’rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan. Odamlar yashaydigan hududlarni yunonlar Oykumena deb atashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |