III. Yangi mavzuning bayoni.
Katta ashula Fargona vodiysining mahalliy uslubiga xos vokal janrlardan biridir. Xalq orasida patnisaki ashula ham deb yuritiladi. Katta ashula odatda cholgu asboblarisiz ikki-uch xonandalar tomonidan ijro etiladi. Katta ashulaning kuy tuzilishu va ijrosi murakkab shaklda bolganligi uchun malakali mohir ashulachilar ijro etishadi.
Katta ashula ijro etish uchun ashulachida juda katta diapazonli, baquvvat chiroyli ovoz bolishi kerak, ijrochilik sirlarini ustozlardan organish talab qilinadi, chunki katta ashula keng kolamli ohangi usul jihatidan erkinligi faqat Fargona vodiysiga xosligi bilan ajralib turadi. Ijro paytida katta ashulachilar navbat bilan birin-ketin ijro etadilar. Katta shulachilar qollariga likopcha ushlab oladilar, bu ashula aytishda qulay bolishi uchun xizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |