O’quvchilar: (jo’rlikda)
Alfavitdan joy olgan.
Turli xil rasmlari,
So’z topishga chorlagan.
Darsimizdir biz sevgan,
Alifbe – bilimga kon.
O’qituvchi:
Qani ayting – chi, biz o’tgan darsda qaysi tovushni o’rgangan edi ?
O’quvchilar:
- J tovushini.
O’qituvchi:
Qani J tovushi bilan boshlanadigan so’zlardan misollar ayting – chi.
Bolalar jala, jiyda, joy, Jamol, Jasur, Jamila so’zlarini misol keltiradilar.
Test topshiriqlari
J tovushi qatnashgan ismlar qatorini toping.
Umar, Amir, Salim.
Charos, Umid, Olim.
d) Javlon, Jo’ra, Jasur.
2) Tovuqning bolasi nima deyiladi?
a) parranda
b) jo’ja
d) xo’roz.
3) Tez va to’xtovsiz yoqqan yomg’ir?
a) jala
b) tomchi
d) yomg’ir.
4) “Jajji”so’zidagi J harflari qaysi o’rinlarda joylashgan?
a) 4;
b) 1,3,4;
d) 1,5.
O’quvchilar test topshiriqlarini bajaradilar. Shu tariqa o’tgan mavzu mustahkamlanadi.
Asosiy qism
Bolajonlar, endi biz ikki: “Bilimdonlar” va “Zukkolar” guruhiga bo’linamiz.
Guruh nomlariga ta’rif beriladi.
Ilm olishga chanqoq
Aqlimiz ishga solib,
Bo’lamiz yana faolroq.
Sezgirlik shiorimiz.
Har qandayin savolga,
Bor to’g’ri javobimiz.
Yashang! Endi shiorimizni ayting – chi.
“O’qib, bilim olib, mustaqil yurning sodiq farzandi bo’lamiz!”
Bolalar! Bugungi yangi mavzumiz, “G’ tovushi va harfini talaffuz qilish” deya nomlanadi.
O’quvchilar ko’rgazmali plakatga bolalar diqqatini jalb etadi.
Qani G’ harfiini hammamiz birgalikda talaffuz qilaylik – chi.
O’quvchilar harfni ovoz chiqarib talaffuz qilishadi.
G’ tovushi asosan bo’g’izda hosil bo’lishi aytiladi.
Darslikda berilgan bo’g’inlar qatoriga e’tibor qaratiladi.
G’or tog’ G’ani
G’al – la bog’ G’ayrat
G’a- la – ba bog’ – bon Mar – g’I – lon
G’oz g’un – cha qo’n – g’iz.
Ayting – chi, so’zlarnima uchun katta va kichik harf bilan yoziladi?
Kichik harf bilan narsalar nomi, katta harflar bilan esa shahar va kishilarning ismi yozilyapti.
G’ tovushi so’zning qaysi qismlarida kelyapti?
Boshida, o’rtasida, oxirida.
O’quvchilarga navbatdagi topshiriq beriladi:
Bolajonlar, G’anining g’ildiragi buzilib qolibdi. Uning orasidagi tayoqchalariga “G’” harfi bilan boshlanadigan so’zlar va ismlar yozilsa, g’ildirak yana g’izillab yura boshlaydi. Buning uchun “Zukko” guruhidagilar narsalar nomini, “Bilimdon” guruhidagilar esa kishilarning ismini topib yozadilar.
Bolalar g’ildirakni sozlashadi. Endi G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildirata oladi. Ular ushbu tez aytishni navbat bilan mashq qiladilar. So’ngra harf kassasidan foydalanib, G’ harfi ishtirok etgan so’zlar yasashadi.
G’oz
G’or G’ioyos
G’alla G’alaba
G’oza G’ani
G’ayrat
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
O’quvchilar she’r ayta turib yengil jismoniy mashqlar bajaradi.
Mustahkamlash: kitobdan yangi mavzu o’qitiladi,yaxshi o’qidanlar rag’batlantiriladi.
Bolalarga quyidagi boshqatirmani yechish topshiriladi.
Guruhlardan eng faol qatnashgan o’quvchilarga omadlar tilab darsga yakun yasaladi.
Uyga vazifa.
“G’” tovushi va harfi” mavzusida o’qib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |