5-mavzu: Turli yosh guruh bolalarida ekologik tarbiya berishga oid mashg‘ulotlar ishlanmasi.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: Tinglovchilarga umumiy ekologiya haqidatushuncha berish. Ekologiya fanining asoschilari va ta’lim-tarbiyada tutgan o’rni, umumiy ekologiyaning vazifalari, hozirgi zamon ekologiyasining sohalari hamda MTMda va oilada bolalarga ekologik tarbiya berish. Ekologiyani muhofaza qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlar haqida ma’lumot.
Tarbiyaviy: Tinglovchilarda tevarak-atrofni ozoda saqlash hamda muhofaza qilish bo’yicha bilimlarini kengaytirish.Ekologik muammolarga topg’ri munosabatda bo’lish malakalarini tarbiyalash va dars davomida o’zaro hurmatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Tinglovchilarni olgan bilimlari asosida amaliyotda qo’llay bilishni, qo’shimcha ekologiyaga oid bo’lgan ma’lumotlarni top’lay olish malakalarini rivojlantirish.
Darsdan kutilayotgan natijalar:
Tinglovchilar: Tinglovchilar umumiy ekologiya haqida tushuncha oladilar. Ekologiyani turli sohalarda ham uchratishmiz mumkinligi va har bir sohaning o’z vazifasi borligi topg’risida umumiy ma’lumotga ega bo`ladilar. Tinglovchilar MTMda bolalarga ekologik tarbiyani berish yo’llarini tushunib oladilar.
Ta’lim metodlari:Og’zaki, savol-javob,suhbat, “O’rgimchak topri” metodi, “BBB metodi”,bahs- munoza. “Aqliy hujum” metodi.
Baholash metodlari:O`qituvchi bajarilgan ishlarni baholaydi va umumlashtiradi.
Faol tinglovchilarni rag’batlan tiradi. Dars bo`yicha tinglovchi larni fikr va mulohazalarini tinglaydi. Axborot manbaalari va texnik vositalari: Jamoa, guruh va juftlikda ishlash, ‘roektor, kom’yuter bilan jihozlangan auditoriy.
Darsga ajratiljan vaqt miqdori:80 minut. Uyga vazifa:
O.Hasanboyeva,H.Jabborova,
Z.Nodirova”Tabiat bilan tanishtirish metodikasi”T-2006,5-7-bet-lar.
I.Xolliyev,A.Ikromov”Ekologiya” T-2001.20-30-betlar. Ma`ruzani kengroq yoritib kelish. Ekologiya sohalarini bir-biridan farqlashga o’rganib kelish.Ekologiyaga oid rasmlardan na’munalar keltirish.
Yangi mavzuni “O`rgimchak to`ri” metodi asosida mustaxkamlash Ko’rgazmalardan va metodlardan foydalanib bilim ko’nikma malakalarni shakllantirish. Tinglovchilarni javoblarini tinglash va tahlil qilish.
Ekologiya so`zi qaysi so`zdan olingan?
Ekologiya faniga birinchi bo`lib kim asos solgan?
Ekologiya fani nechanchi yilda fan sifatida tanildi?
Nechanchi asrda ekologiya mustaqil fan sifatida shakllandi?
Ekologiya fanining vazifalari va sohalari haqida ma`lumot bering?
Mavzuni “O`rgimchak to`ri” metodi asosida mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |