Darsning maqsadi: ta’limiy



Download 143,28 Kb.
bet38/49
Sana01.07.2022
Hajmi143,28 Kb.
#726817
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
30 maktab 9-sinf konspekt IV

III.Yangi mavzu bayoni
Geografik o‘rni va mamlakat haqida umumiy ma’lumotlar. AQSH yer maydoni butun G‘arbiy Yevropa mamlakatlarinikidan katta bo‘lishiga qaramay Rossiyadan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat. Asosiy 48 ta shtati Shimoliy Amerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan.
Hozirgi kunda AQSH — Federativ Respublika. Mamlakatda 1787-yili qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat rahbari Prezident. Qonun chiqaruvchi organ — Kongress.
TABIIY SHAROITI VA TABIIY BOYLIKLARI
Mamlakatning materik qismi hududi dehqonchilik va chorvachilikning deyarii barcha tarmoqlarini yetishtirish uchun qulay bo‘lgan agroiqlim resurslariga ega. AQSH ning juda katta maydonini egallagan dasht zonasi mamlakatning eng virik g‘alla makonidir. Qizig‘i shundan iboratki, deyarli 100—120 mln. t don lalmi yerlarda yetishtiriladi. Yalpi hosilning barqarorligi 6—7 yilda bir marta buziladi, ya’ni iqlim qurg‘oqchil kelib, don ekinlari birmuncha zarar ko'radi.
AQSH — tabiiy resurslaming barcha turlariga boy. Mineral resurslaming ba’zi bir turlarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlami egallaydi. Shular qatoriga toshko’mir, mis, molibden, alyuminiy xomashyosi, qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi.
Yoqilg‘i-energetika resurslari toshko‘mir, neft, tabiiy gaz va gidroresurslarga asoslanadi. Toshko‘miming yirik konlari Appalachi havzasida hamda 0‘rta G‘arb rayonida mavjud, bir yilda mamlakatda 1100 mln. t dan ziyod ko‘mir qazib olinmoqda.
AQSH — yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska (Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kalifomiya shtatlarida hamda Meksika ko‘rfazida joylashgan. Mamlakatda bir yilda 400—450 mln. t atrofida neft qazib olinmoqda.
AQSH da yirik tabiiy gaz konlari neft konlari yonida joylashgan (Texas, Kalifomiya shtatlari va Meksika ko‘rfazi). Mamlakatda yiliga o‘rtacha 650 mlrd. m3 tabiiy gaz olinmoqda.
AQSH da rangli va qorametallurgiya tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan rudali qazilma konlari va zaxiralari ancha ko‘p.
Temir rudasining katta zaxiralari Buyuk ko‘llarning sohillaridagi konlarda to‘plangan.
Daryolaridan Kolumbiya, Kolorado, Niagara gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, undan hozirgi vaqtda samarali foydalanilmoqda.
AHOLISI
Aholi soni bo‘yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so‘ng 3-o‘rinni egallaydi. Aholi sonining bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o‘ynagan.
AQSH aholisining soni 2013-yilning iyul oyi ma’lumotga ko‘ra 314,7 mln. kishini tashkil etdi. Aholining o‘rtacha yillik o'sish sur’ati 0,9% ga teng bo‘lmoqda. Aholi soni tabiiy ko‘payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o‘smoqda. Mamlakatda keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola tug’ilmoqda, 9 kishi o‘lmoqda. Tabiiy ko‘payish koeffitsiyenti 7 promillega teng. 0‘rtacha umr davri erkaklar uchun 78 yoshni, ayollarda 83 yoshni tashkil etadi.
AQSH aholisining o‘rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan ancha past (o‘rtacha 1 km2 maydonga 33 kishi). Aholf notekis taqsimlangan.
Aholisining soniga ko‘ra yirik shtatlar quyidagilar: Kalifomiya (36 mln. kishi), Nyu-York (22 mln. kishi), Texas (20 mln. kishi), Florida (16 mln kishi). Umuman, mamlakatning iqtisodiy rivojlangan, yuqori darajada sanoatlashgan hududlarida aholining deyarli 2/3 qismi istiqomat qiladi (Bosvash, Chpits, Sansan). AQSH jahonning yirik urbanizatsiyalashgan hududlaridan biridir (shaharlarda yashovchilar ulushi 82,6%). Millioner shaharlar qatoriga Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles, Xyuston, Filadeffiya, Detroyt, Dallas, Sietl, Boston, San-Fransisko va boshqalar kiradi.

Download 143,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish