Yangi mavzu bayoni :
Har bir shaxs mehnat qilish , erkin kasb tanlash , adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalansih huquqiga egadir . Mehnat munosabatlari jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish uchun Mehnat kodeksi mavjuddir . Bu kodeks moddalari ishchilarni ish beruvchilar zoravonligidan himoya qiladi ,ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish shartlarini , ish joyidagi texnik xavfsizligini , ishlash va dam olish sharoitini , mehnatga haq to’lash tartibini belgilaydi . Voyaga yetmaganlarning mehnat qilish huquqi ham qonun hujjatlari bilan tartibga solib turadi . Qonun o’smirlar uchun ishlashni cheklab qo’ygan . Faqat o’qishdan tashqari paytlarda ishlashga ruxsat beriladi . Tungi vaqtda - soat 10 dan ertalab 6 gacha o’smir ishlashiga yo’l qo’yilmaydi . Ishga joylashayotganda o’smir ota-onasidan birining yozma ravishdagi roziligi kerak .
Do'stlaringiz bilan baham: |