Yangi mavzu bayoni:
Vatanparvarlik deb,o’z yurtini sevish,unga sadoqat bilan xizmat qilish,uning mustqailligi,tinchligi,va taraqqiyoti yo’lida jism-u jonini safarbar etish,fidoiylik ko’rsatib yashashga aytiladi. Vatanni haqiqiy farzandlar dunyoga tanitadi.Vatanparvarlik Vatan tuyg’usini anglashdan boshlanadi. Qahramonlik-fidoiylikdir. Dunyoda Vatan ozodligi,ravnaq topishin o’z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan insonlar ko’p bo’ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
I-guruh .
1.Insonda vatanparvarlik tuyg’usi amalda qanday namoyon bo’ladi?
Inson ona yurtga bo’lgan muhabbati va sadoqatini qanday shakllarda ifoda etadi? Kimdir sidqidildan mehnat qilib,Vatanning moddiy va ma’naviy boyliklarini oshiradi. Iste’dod va mahoratini muqaddas diyorimiz ravnaqi uchun safarbar etadi. Yana kimdir Vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib,unig har qarich yerini ko’z qorachig’idek asraydi.
7.Jorj Vashington haqida ma’lumot bering.
Amerikaning birinchi Prezidenti bo’lgan. Bu jasur inson XVIII asrda Shimoliy Amerikadagi ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. Amerika Yevropadagi yirik davlatlarga nisbatan ancha qoloq edi. Bu yerda muntazam armiya shaklanmagan edi. Shunday sharoitda har tomonlama yaxshi qurollangan Angliya armiyasiga qarshi kurash olib boorish oson emasdi. Lekin Vatan ozodligi va mustaqilligini muqaddas deb bilgan Jorj Vashington shunday qaltis va murakkab vazifani amalga oshirishga qat’iy bel bog’laydi-ozodlik harakatiga rahbarlik qiladi. Dushman son jihatdan,harbiy ta’minotiga ko’ra bir necha barobar ustun bo’lishiga qaramay, Jorj Vashington boshchiligidagi vatanparvar kuchlar oxir-oqibat g’alaba qozonadi. 1782-yili Angliya AQShning mustaqilligini tan oladi. Vatanga bo’lgan muhabbat hissi askarlari soni kam, qurol-yarog’I yetarli bo’lmagan insonlarni qanchalik qudratli qilib yuborishni ko’rsatadi.
6.Qanday insonlar tufayli Vatan tuyg’usi, vatanparvarlik fazilati odamzot hayotida eng buyuk qadriyatlardan biri bo’lib kelmoqda? Dunyoda Vatan ozodligi,ravnaq topishini o’z hayotini ma’no mazmuni deb biladigan insonlar tufayli.
II-guruh
2. Vatanparvarlik qachon yuksak insoniy fazilatga aylanadi?
Odam o’z yurtining dard-u tashvishi, shodlig-u quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa,hatto Vatan uchun jonini fido qila olsa,vatanparvarlik shunchaki tuyg’uga emas,yuksak insoniy fazilatga aylanadi.
9.Jaloliddin Manguberdi haqida nimalarni bilasiz?
Mo’g’ul bosqinchilariga qarshi 12 yil davomida kurash olib boradi. Mo’g’ullar yurtimizga bostirib kirganda Jaloliddin 20 yoshli navqiron yigit edi. Otasi Alouddin Muhammad Xorazmshoh uzoqni o’ylamay ish tutgani uchun, mamlakat harbiy qudrati susayib , kuchlar bo’linib ketadi. Uning qo’shinlari mag’lubiyatga uchraydi. Xorazmshoh Kaspiy dengizdagi orollardan biriga borib jon saqlaydi. Shafqatsiz janglarda ishtirok etolmasligini his qilgan Xorazmshoh Jaloliddinni valiahd,ya’ni taxt vorisi qilib tayinlaydi.Mard va bahodir Jaloliddin 70 nafar askari bilan yov qurshovida turgan Xorazmning poytaxti – ko’hna Gurganjga kirib keladi. Uni ko’rib xalqning ruhi ko’tariladi. Jaloliddin Gurganj va Xuroson o’rtasidagi sahroda o’zining 70 nafar askari bilan dushmanning 700kishilik qo’shiniga duch kelib ularni tor-mor keltirib,hozirgi Afg’oniston hududidagi G’azna tomon chekinadi Chingizxon uning ortidan 45 ming kishilik qo’shin yuboradi. Parvon dashtida ikki o’rtada jang bo’lib bu jangda Jaloliddin g’alaba qozonadi. Shundan so’ng Chingizxon bu yengilmas sarkarda bilan shaxsan o’zi kurash olib bormoqchi bo’ladi. Sind (Hind) daryosi bo’yidagi jang degan nom bilan tarixga qolgan bu to’qnashuv 1221-yil 24-noyabrda bo’ladi.
10.Jaloliddin Manguberdi ordeni qachon ta’sis etilgan, bu orden bilan kimlar taqdirlanadi? 1999-yil ,
Yuksak vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt hurmatini qozongan yurtdoshlarimiz mana shu orden bilan taqdirlanadi.
III-guruh
3.Vatanparvarlik nima? O’z yurtini sevish,unga sadoqat bilan xizmat qilish,uning mustaqilligi,tinchligi va taraqqiyoti yo’lida jism-u jonini safarbar etish,fidoiylik ko’rsatib yashashga aytiladi.
8.Najmiddin Kubro haqida nimalarni bilasiz?
15.Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash uchun nima qilmoq kerak? Ko’p o’qish,qishloq va mamlakat hayotida faol ishtirok etish, ma’raka va yig’inlarda qatnashish, odamlar bilan muloqot qilish, ularni o’rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. Inson shular orqali o’z yurtini yanada yaxshiroq bilib oladi , unga bo’lgan muhabbati ortadi.
IV-guruh
4.Vatanni qanday farzandlar dunyoga tanitadi?
Vatanni haqiqiy farzandlar dunyoga tanitadi,Vatan tuprog’I shunday jokuyar insonlar tufayli ulug’ va muqaddas bo’ladi.
12.Prezidentimizning siyosiy faoliyatlariga baho bering? Yurtimizda bugungi kunda mamlakatimiz rahbari sifatida doimo ma’naviy jasorat namunasini ko’rsatib kelayotgan Prezident Islom Karimovning nomini tilga olamiz.Chunki bizning mustaqillikka erishishimizning o’zi ma’naviy jasorat mahsuli bo’lgani kabi istiqlol yillaridagi barcha yutuq va marralarimiz ham ulkan ma’naviy jasorat namunasi. Davlat rahbarining vatanparvarlik fazilatlari xalq uchun, millat uchun nafaqat ibrat maktabi,balki ko’zlagan ezgu maqsadlarga erishishning hal qiluvchi omili hamdir.
11.Insonda ma’naviy jasorat tuyg’usi bo’ladi,bu tuyg’u insonni nimaga undaydi? Insonni butun vujudini harakatga keltirib, qahramonlikka undaydi.
V-guruh
5.Vatanparvarlik qaysi tuyg’uni ahglashdan boshlanadi? Vatan tuyg’usini anglashdan boshlanadi. Vatan manfaatlari yo’lida jasorat va qahramonlik ko’rsatib yashashga undaydi.
13.Vatanimiz sarhadlarini terrorchi guruhlardan himoya qilgan vatandoshlarimiz? Yurtimizda bugungi kunda ming-minglab vatanparvar yoshlar yetishib chiqmoqda. Vatanimiz sarhadlarini terrorchi guruhlardan himoya qilishda mardlik va matonat ko’rsatib, qahramonlarcha halok bo’lgan botir yigitlarning jasorati yoshlarning ajdodlarimizga xos vatanparvarlik an’analarini sadoqat bilan davom ettirayotgani,ona yurt, uning tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi bugungi navqiron avlod uchun ham eng muqaddas qadriyat bo’lib qolayotganini ko’rsatadi. Mahmudjon Jalilov, Alisher Salimov,Boburjon G’aniyev, Sayyor Sa’dinov, G’ofurjon Rajabov, Ma’rufjon Rajabov, Elomon Otajonov, Abduhalim Toshqulov, Yunus Oxunov, Ulug’bek Barnoyev,Doniyor Tojiboyev, Qahramon Madaliyev kabi jangchi va ofitserlarning nomi Vatan himoyasi yo’lida jon bergan qahramon ajdodlarimiz qatoridan joy oldi.
14.Leytenat Bobur G’aniyevning onasi Munavvar opaning Vatan himoyasi yo’lida halok bo’lgan o’g’li haqida aytgan gaplari? “O’g’limning umri zoye ketmadi.Men unga bergan oq sutimdan roziman. Chunki bolam ko’cha-ko’yda bezorilik qilib, birov bilan mushtlashib olamdan o’tgani yo’q . U,Vatanini, xalqini himoyalash yo’lida jonini fido qildi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |