Sana:
Mavzu: O`qqa nisbatan simmetrik figuralar
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarga yangi mavzu “O`qqa nisbatan simmetrik figuralar” haqida tushuncha hosil qilish,figuralarning yuzlarining simmetrik bo`linishi o`zaro taqqoslash malakalarini shakllantirish.TK1 so`z va gaplarni bog`lagan holda o`z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanparvarlik,mehnatsevarlik,izlanuvchanlik,faollik,sahiylik ruhida tarbiyalash,ahloqiy fazilatlarni singdirish.TK3 atrofdagilar bilan o`zaro muloqat chog`ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish ,jamiyatda bo`ladigon voqea- hodisalarga dahldorlikni his qilish . TK4 orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog`lom turmush tarziga amal qilishni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobilyatlarini o`stirish,narsalarni teng qismlarga ajrata olish, butunning yarmi, choragini farqlay olish. Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o`quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrash malaklarini rivojlantirish ,og`zaki va yozma hisoblashb malakalarini rivojlantirish . FK2 o`rganilgan matematik tushuncha , fakt va algoritmlarni o`quv vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.
Darsning turi:Yangi bilm beruvchi.
Darsning metodi: Tushuntirish, bahs-munozara, savol-javob, mustaqil ishlash.
Darsning jihozi: Darslik, mavzuga oid ko`rgazma, tarqatma materiallar, chizg`ich.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) Navbatchi axboroti;
c) O`quvchilarning o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish;
d)Aylanma daftarlarni almashtirish.
II. O`tgan darsda berilgan topshiriqni so`rab, o`quvchilar bilimni baholash:
O`tilgan darsda “Perpendikular to`g`ri chiziqlar” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini tekshirish va ularni tahlil qilish.O`quvchilarning bilimlarini doskada va mustaqil ravishda misol va masalalarini ishlash qobilyatiga qarab baholanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni:
1-misol. Shakllarning simmetriya o`qini toping
2-misol.
Berilgan shaklda nechta uch bur chak
va nechta to‘rtburchak bor? Shaklda
nechta simmetriya o‘qini o‘tkazish
mumkin?
3-misol.
Tarozining ikki pallasiga tarozi toshlari va o‘lchanayot
gan yuk qo‘yilgan. Noma’lum x va sonlar ishtirokida
tenglama tuzing va uni yeching. Yuk massasi necha
kilogramm bo‘lganida tarozining ikki pallasi simmetrik
joylashib qoladi?
4-misol.
Berilgan A, B, D nuqtalarga simmetrik bo‘lgan nuqtalarni o‘qqa nisbatan joylashtiring.
5-misol.
Toshbaqa ertalab 17 metrli chuqurlikka tushib ket di.
Har kuni kunduzi 5 metrga ko‘tariladi, kecha si esa
2 metrga sirg‘alib pastga tu shadi. Toshbaqa necha
kunda chuqurl ikdan chi qadi?
Yechish:
Umumiy masofa: 17m
1Kunda: 5-2=3
3+3+3+3+5=17 Javob: 5kunda kunduzi.
Mustahkamlash uchun test topshiriqlari:
1.O‘qqa nisbatan simmetrik figuralar deb nimaga aytiladi?
a) Shakl buklanganida uning bir bo‘lagi ikkinchi bo‘lak ustiga aynan mos tushmasa, bunday shakl o‘qqa nisbatan simmetrik shakl deyiladi.
b) * Shakl buklanganida uning bir bo‘lagi ikkinchi bo‘lak ustiga aynan mos tushsa, bunday shakl o‘qqa nisbatan simmetrik shakl deyiladi.
c)Shakl buklanganida uning bir bo`lagi qolgan barcha bo`laklariga mos tushsa , bunday shakl o`qqa nisbatan simmetrik shakl deyiladi.
2.B u chizmada buklanish chizzig`i nima hisoblanadi?
a)*Buklanish chizig‘i simmetriya o‘qi hisoblanadi.
b) Buklanish chizzig`i simmeriya nuqtasi hisoblanadi.
c) Buklanish chizzig`i to`g`ri chizziq hisoblanadi.
3. Tomoni 4sm bo`lgan kvadratni simmetriya o`qi ,yuzi necha sm.dan bo`lgan kvadratchalarga ajratadi?
a) 4sm.dan
b) 9sm.dan
c)*8sm.dan
4.Bu rasmlarning qay birida simmetriya o`qi xato chizilgan?
.
a) Kapalakda;
b)*Hammasida simmetriya o`qi to`g`ri chizlgan;
c) Bargda.
5.Bog `da oq , qizil va pushti atirgul bor ,ulardan 12tasi oq atirgul bo`lib,qizil atirgul undan 3ta ko`p,pushti atirgul esa 2marta kam edi. Bog`da eng ko`p va eng oz atirgullar qaysi rangda?
a)*Eng ko`pi qizil atirgul-15ta,eng kami pushti atirgul-6ta;
b) Eng ko`pi oq atirgul-12ta,eng kami-qizil-9ta;
c) Eng ko`pi qizil atirgul-15ta,eng kami oq atirgul-12ta.
V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab,o`quvchilar rag`batlantiriladi va dars yakunida ballar umumlashtirilib yakuniybballar e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa: 6-7-masalalar.
6-misol.
Tomoni 35 mm bo‘lgan kvadrat chizing. Uning
simmetriya o‘qlarini o‘tkazing. Kvadratga nechta
simmetriya o‘qini o‘tkazish mumkin?
7-misol.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning simmetriya o‘qiga nisbatan tasvirini hosil qiling.
VII. O`quvchilarga uyga berilyotgan topshiqlar tushuntiriladi va dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |