Darsning maqsadi:1,2,3,4 sonlari haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni haqida tushuncha berish, og'zaki masala tuzishga va misollar yechishga o'rgatish.
Tarbiyaviy:Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Matematik topshiriqlarni bajarish orqalio’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.
Metod: “ Klaster” lardan foydalanish,taqdimot, suhbat, tushuntirish, bahs- munozara.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Darsning jihozlanishi:
a) sonli kartochka; b) mavzuga mos rasmlar;
с)o'yinchoqlar; d) magnit taxtacha.
Darsning texnologik xaritasi
-
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Noma’lum ayriluvchini topish.
|
Ko’rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Misol va masala ustida ishlash
|
Daftar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Rag’batlantirish.
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
Ingliz tilini o’rganamiz:Sonlar: takrorlash:one-bir, tvvo-ikki. Yangi so’zlar:three-uch,four-to’rt
1Darsni tashkil etish.
2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
0'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Koptok o'yini»ni O'qituvchi o'quvchilarga koptokni uzatib, 2 desa, o'quvchi 2 sonidan keyin kelgan sonni aytadi; o'qituvchi 3 deb koptokni uzatsa, o'quvchi koptokni ilib olib, 4 deyishi kerak. Shu tariqa o'yinni 3—4 marta takrorlash mumkin.
Istalgan sondan boshlab to'g'ri va teskari sanashni mustahkamlash. Sonlarni taqqoslashga oid mashg'ulot o'tkazish. «4 ta bodring ko'pmi, 2 ta bodring ko'pmi?» Qancha ko'p yoki kamligini sanash orqali aniqlash.
O'tilgan raqamlarni doskada yozdirib, mashq qildirish. Quyidagi she'rni yodlash:
To'nkarilgan stulga,
O'xshab ketar bo 'y-bastim,
Otim yaxshi to'rtta harf,
Uchdan keyinman do'stim.
Do'stlaringiz bilan baham: |