Kvadrat tengsizlikni kvadrat funksiya grafigi yordamida yechish.
Darsning maqsadi:
a) taʼlimiy: tengsizliklarni yechish usullarini o’rgatish;
b) tarbiyaviy: o’zaro hurmat, intizom, estetik tarbiya;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: dasturlashtirilgan-noanʼanaviy
Dars jihozi: kompyuter, video, proyektor, darslik, pedagogik-dasturiy vosita va savollar, testlar banki.
Darsning rejasi:
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa);
II. Oʻtilgan mavzuni soʻrash va yangi mavzuga zamin tayyorlash (8 daqiqa);
III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa);
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa);
V. Xulosa va baholash (3 daqiqa);
VI. Uyga vazifa (2 daqiqa);
Oʻqituvchi reza bilan oʻquvchilarni tanishtiradi va oʻtilgan mavzuni aniqlab oladi. Kompyuter tomonidan tashkiliy qism tugaganligini bildiruvchi tayanch signal berilgandan soʻng keyingi jarayon boshlanadi.
Darsning boshlanishi:
Kompyuterdan yangrayotgan qoʻngʻiroq sadolari ostida dars boshlanadi. Kompyuterga ulangan video, proyektor orqali ekranda kun, sana, sinf va navbatchi oʻquvchilarning ism sharifi namoyon boʻladi.
I. Tashkiliy qism
Navbatchi oʻquvchilar oldindan davomat hamda sinfni darsga tayyorlaydi. Oʻqituvchi ulardan davomatini yozma tarzda oladi va darsga qatnashmayotgan oʻquvchilar boʻlsa, ularning ismi, sharifini elektron jurnalga qayd etadi. Kompyuter ekranida darsning rejasi hosil boʻladi.
II. Darsning borishi
Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash va yangi mavzuga zamin tayyorlash tezkor savol-javob usulida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Natijada, darsda qatnashayotgan oʻquvchilardan birining ismi, sharifi va rasmi ekranda hosil boʻladi. Unga kompyuter tomonidan 1 daqiqa vaqt davomida 5 ta savol ketma-ket beriladi. Oʻquvchiga berilgan vaqtning davomiyligi ekranda koʻrinib turadi. Albatta, kompyuter oʻquvchining bilim darajasini inobatga olgan holda savollar bankidan tabaqalashtirilgan savollarni taqdim etadi.
Javob berayotgan oʻquvchining vaqt tugashiga 10 soniya qolganda keyingi oʻquvchining tayyorlanishi haqidagi maʼlumot ekranda koʻrinadi. Vaqtning tugashi yoki savollarga javob berilgandan soʻng darhol oʻquvchining toʻplagan bali kompyuter tomonidan elektron jurnalga qayd qilinadi. Savollar bankidan mavzuga doir baʼzi savollarning namunasini keltiramiz.
Kvadrat tengsizlik deb nimaga aytiladi?
Tengsizlikning yechimi deb nimaga aytiladi?
Tengsizlikni yechish deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |