Darslikdagi tenglamalar sistemasi misollarini yechishdagi yetishmayotgan metodlar va ma’lumotlar. Murtozaqulov Zafar Madat o’g’li Boranbayev Ruslan Erjan o’g’li
Darslikdagi tenglamalar sistemasi misollarini yechishdagi yetishmayotgan metodlar va ma’lumotlar. Murtozaqulov Zafar Madat o’g’li Boranbayev Ruslan Erjan o’g’li Abdujabborov Sharofiddin Fahriddin o’g’li Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy talim maktablarining 7-sinf o’quvchilari uchun matematika fanining bo’limlaridan biri bo’lgan “Kombinatorika” bo’limidagi misol va masalalarni yechishning ba’zi metodlarini ko’rib chiqamiz va taxlil qilamiz. Ushbu taxlil davomida o’quvchilar uchun mavzu o’qitishdagi ba’zi qulayliklar va kamchiliklarni o’rganamiz va bir nechta tavsiyalar ishlab chiqamiz.
Kalit so’zi: kombinatorika, faktorial, o’rin almashtirish, o’rinlashtirish, guruhlashlar va qo’shish va ko’paytirish qoidalariga doir misollar.
Аннотация: В данной статье мы рассмотрим и проанализируем некоторые приемы решения примеров и задач из раздела “комбинаторика”, одного из разделов математики для учащихся 7 классов общеобразовательных школ. В ходе этого анализа мы рассмотрим некоторые преимущества и недостатки преподавания предмета для учащихся.
Ключевое слово:комбинаторика, факториал, перестановки, перестановки, группировки и примеры правил сложения и умножения.
Annotation: in this article, we will look through and analyze some of the methods of solving examples in the section “combinatorics”, which is one of the sections of mathematics for students of the 7th grade of general education schools. In the course of this analysis, we will look at some of the advantages and disadvantages in teaching a subject for students.
Key question: combinatorics, adjectives, substitution, positioning, grouping and examples of the rules of addition and multiplication.
Kirish. Matematika fanida ba’zi hollarda masalalar va misollarning yechimlari kombinatorika elementlari yordamida hisoblanadi. Masalan, ehtimollar nazariyasining bir nechta masalalari kombinatsion hisoblashlarni amalga oshirish orqali hisoblanadi. Bundan tashqari biz hayotda ham juda ko’p shunday masalalarga duch kelamizki odatda bunday masalalar kombinatorika elementlari yordamida yechiladi. Masalan lotareyaga oid bir qator masalalar kombinatorika elementlari ko’rinishiga keladi. 7-sinf “Algebra” darsligida ham shu kabi misol va masalalardan bir nechtasiga duch kelamiz. Bu darslikda kombinatorika elementlariga oid bir qancha misollar ko’rsatilgan va guruhlash, o’rin almashtirishlar formulalari to’la yoritib berilgan va yetarlicha misol va masalalarda tushuntirilgan. Ammo o’rinlashtirish formulasiga oid ma’lumotlar hamda misol va masalalar yetarli emas ekanligini ko’rishimiz mumkin. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki kombinatorika elementlari misollarining turli ko’rinishlari mavjud va bularning barchasini o’rgatish maktab matematika kursi uchun qiyinlilik qilishi mumkin. Sababi maktab darslarining bir soati 40-45 minutdan iborat bo’lib, ushbu vaqt davomida kombinatorika elementlari mavzusidagi barcha tushunchalarni o’quvchilarga tushuntirish uchun vaqt yetarli darajada emas. Shularni inobatga olib qaralsa bu mavzularni maktab o’quvchilariga o’rgatishda o’quvchilarning bilim darajasida bo’shliqlar paydo bo’lishi mumkin.
Masalan guruhlash va o’rin almashtirirshlar tusunchasi to’la yoritib berilgan va bir nechta masalalar yechimi ko’rsatilgan