Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet51/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

7

.4. Fiziokratlar

Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar deb atalgan bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta’sirlangan. Ular iqtisodiyot sohalarining bir biriga bog’liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan.
Merkantilizm 18-asrda Fransiyada keng tarqalgan bo’lsa ham, 1750 yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi lekin uzoqqa chozilmadi. U iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar berganligi sababli uning keyingi g’oyalarning shakllanishida ahamiyatli rol o’ynadi. Iqtisodiy ta’limotlar olimlari ko’pincha har hil g’oyalarni ularning birgina oxshash taraflarini hisobga olib bir maktab sifatida tavsiflaydilar. Shunday bo’lsada fiziokratlar ayrim muammolar bo’yicha hayratlanarli tarzda izchil qarashlarni namoyon etganlar. Buning uch sababi mavjud.
1. Fiziokratizm faqatgina Fransiyada yuzaga kelgan.
2. Fiziokrtlar g’oyalari nisbatan qisqa, 1750 yildan 1780 yilgacha bo’lgan davrda taqdim etilgan (Fiziokratlar g’oyalari 1750 oldin va 1780 yildan keyin hech kim bilmagan deyiladi).
3. Fiziokratlarning tanilgan boshlig’i, Fransua Kene (1694-1774), bor edi va uning g’oyalari o’zining izdoshlari tomonidan so’zsiz qabul qilinar edi. Bu izdoshlarining ishlari asosan boshqalarni Kenening nazariyasiga ishontirish maqsadida yozilgan edi.15
Tableau Economique (iqtisodiyot jadvali)ni ko’rsatadi. Bu jamiyatning uch sohasini ko’rsatadi: fermerlar, yer egalari, hamda hunarmand va xizmatkorlar. Hunarmandlardn boshqa sectorlar, tashqi savdo, davlat sektori, yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili iqtisodiy davr boshidagi yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof mahsulotdan boshlanadi (livr frankdan oldingi Fransiya pul birligi). Sof mahsulot yer egasiga oldingi davr faoliyati uchun yer rentasi sifatida berilgan edi. Fiziokratlar faqat yer uning ishlab chiqarish harajatidan ko’ra ko’proq mahsulto ishlab chiqarishi mumkin deb qabul qilishadi; jadvalda bu unumdorlik 100 foiz deb qabul qilingan. Masalan, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati unga ishlatilgan ishlab chiqarish omillariga to’lanadigan qiymat bilan teng bo’ladi. Faqatgina yerning mahsuloti unga ketadigan harajatdan ko’proq bo’ladi. Jadvalda qishloq ho’jaligiga qilingan 2000 livrlik investitsiya 2000 livrlik ortiqcha mahsulot yaratadi, bu esa yer egasiga renta sifatida to’lanadi.



Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalarning o’zaro aloqalarining kuchli, ijodiy tushunchasini juda soda ifodalab beradi.
Fiziokratlarning iqtisodiyotning o’zaro bog’liqligi haqidagi qarashlari makro iqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari mikroiqtisod darajada iqtisodning o’zaro bog’liqligi haqidagi nazariyani rivojlantirishga kam harakat qilganlar. Uy xo’jaligi va firmalar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatuvchi doiraviy aylanish diagrammasi omillar va yakuniy maxsulot bozorlari o’rtasidagi aloqa va bozorning resurslarni taqsimlovchi rolini tushuntirish maqsadida iqtisodiyot nazariyasi asoslari fanida keltiriladi. 11 bobda 11.2 shaklida doiraviy aylanish diagrammasini iqtisodning mikroiqtisodiy sektorlarining o’zaro aloqalarini tushuntirishda foydalanganmiz.
Fiziokratlar Kenening “Iqtisodiy jadvali”ni o’zlarining asosiy nazariy yutuqlari deb hisoblashadi.Ular nafaqat iqtisodning turli sektorlarining o’rtasidagi aloqalarni nazariy o’rganishgan balki ularning hajmini o’lchashga harakat qilishgan. Bu darajada Nobel Mukofoti laureati Vasiliy Leontevning 1930 yildagi haraatla-natijalar jadvalini va ekonometriklar deb tanilgan maxsus iqtisodchilar guruhining tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlarining o’zaro bog’liqligini ko’rsatib bergan. Ulardan keyingi ba’zi merkantilistlar ham bu o’zaro bog’liqlikni tan olishgan va ularning birgalikdagi ta’sirlari Adam Smitning bozor iqtisodiyotining faoliyati haqidagi yanada batafsil qarashlariga asos bo’lgan.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish