Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Merkantilistlarninig nazariy xissasi



Download 3,72 Mb.
bet42/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Merkantilistlarninig nazariy xissasi
Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o’rganib, 1660-1776 yillar oralig’ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran ham sifat jihatdan mukammallashganini aniqladilar. Iqtisodiy tahlillar sifatining merkantilistlarning keying davridagi takomillashishi shunchalik nom chiqardiki, hatto bu davr ilmiy iqtisodiy nazariyaning asoslari shakllanayotgan o’tish davri deb ham atala boshlandi.
Ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab yetishidadir. Bunday o’zgarish o’sha davrda mashhur bo’lgan fizika fanlaridan inson tabiatini o’rganuvchi ijtimoiy fanlarga o’tishni aks ettirar edi. Bu o’tish Isaak Nyuton (1642-1727) davridan keyin o’zining yuqori cho’qqisiga chiqdi, uning ta’siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o’rnini sabab va natija tahlillarining egallashi o’tmishdagi usullar to’xtatildi degani emas, albatta, chunki ayrim sxolastlar mantiqiy tahlildan foydalanishar edi va ahloqiylashtirish hozirgi zamonaviy adabiyotlarda ham mavjud. Lekin, fizika fani qonunlarini topgan metodologiyalar bilan iqtisodiy qonunlarni kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Ko’pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko’plab mexanik sabablarni ko’rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi mumkin deb ishonishgan. Shuning uchun aql bilan qabul qilangan qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta’sir qilishi mumkin va iqtisodiy tahlil berilgan natijaga erishish uchun qanday shakldagi davlat aralashishuvi kerak ekanligini ko’rsatadi. Merkantilistlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy bo’lmasligi, talab va taklif qonunlari kabi asosiy iqtisodiy haqiqatlarni chalkashtirmasligi lozim deb tushunishgan. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez tez qo’llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa ularning egoistik harakatlarini o’zgartira olmaydi deb hisoblaganlar. Siyosatchilar insonning bu hususiyatini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilib, bu hususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va institutlarni shakllantiradilar.
Keyingi merkantilistlar o’zlaridan oldingi g’oyadoshlari yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini anglab yetishganini ko’ramiz. Masalan, ular pul boylik o’lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o’zida ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo’lishi mumkinligini va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keltirishi mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashishini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa ko’pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g’oyalari boshlanayotgan edi.
Biroq klassiklardan oldingi hech bir iqtisodchi bozor iqtisodiyoti ishashini, ya’ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar qanday taqsimlanishini bir biriga bog’langan yagona qarash sifatida shakllantira olmadi. A. Smit merkantilistlar yetisha olmagan tuchunchalarni anglab yetdi. Merkantilistlar fikricha shaxsiy manfaat va halq farovonligi o’rtasida qarama-qarshilik mavjud deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning fikricha davlat shaxsiy manfaatni halq farovonligi tomon yo’naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda tabiiy uyg’unlik borligiga ishonishgan va halq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi deb hisoblashgan.11

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish