XV-BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYaLARI
15.1. Mutlaq ustunlik nazariyasi
Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil etadi degan tezisni asoslab berdi. Unga ko’ra, ba’zi mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan tovarlarni kam xarajat sarflab, samarali ishlab chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur tovarlarni ishlab chiqarishda mutloq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishga ketadigan kam xarajatlarda namoyon bo’ladi.
Savdoni sun’iy ravishda cheklab quyishga A. Smit qarshi chiqdi va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo’lsa o’sha mamlakat bilan savdo qilishning avzalligi to’g’risida aytib o’tadi. Masalan, A.Smit qayd qilib o’tganidek: “Agar Frantsiyaning vinosi ‘ortugaliya vinosidan yaxshi va arzon bo’lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan yaxshi bo’lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o’ziga kerakli chet el vinosi va gazlamasini ‘ortugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Frantsiyadan sotib olish foydali”. Shuningdek, Shotlandiyada uzum etishtirish shart emas, chunki u erda vino ‘ortugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. Vino qaerda arzon bo’lsa o’sha erdan sotib olish maqsadga muvofiq.
A.Smitning asosiy g’oyasi – mutlaq xarajatlar g’oyasidir. Unga ko’ra, mutlaq xarajatlari kam bo’lgan mamlakatlardan tovarlarni im’ort qilish, ishlab chiqarish xarajatlari ‘ast tovarlarni esa (ularni xarid qilayotganlarga nisbatan) eks’ort qilish kerak.
A.Smitning tasdiqlashicha, har xil sun’iy ta’sir ko’rsatish va qarshiliklarga qaramasdan ikki mamlakat o’rtasida savdo aloqalarning olib borilishi tabiiy, normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har ikkilasi uchun foyda hamisha bir hil bo’lmasa ham. “Har bir aqlli oila boshlig’ining qoyidasi shundan iboratki, chetdan sotib olishdan ko’ra, uyda tayyorlash qimmatga tushidagan narsalarni uyda tayyorlamaslikka harakat qilish. Tikuvchi o’ziga etik tikishga harakat qilmaydi, balki uni etikdo’zdan sotib oladi. Etikdo’z o’ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi”.
A.Smit bo’yicha, bu qoida bir butun mamlakat uchun qo’llanilishi kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan, uni o’zimizda ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon narxda ta’minlashi mumkin bo’lsa, biz birmuncha ustunlikka ega bo’lgan sohalarda ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma’lum qismi uchun ushbu tovarni undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning uchun, mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda, A.Smit bozorning roliga katta e’tibor bergan bo’lishiga qaramay, u ushbu masalani ko’rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, ba’zi bir tabiiy resurslarga ega bo’lish va b.) va qo’lga kiritilgan (odatda, texnologik ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan) ustunliklarini hisobga olishni zarur deb hisoblanadi. Eks’ort qiluvchi mamlakat qachonki mutlaq ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lgandagina tashqi savdodan yuqori foyda ko’rishi mumkin.
Lekin, A.Smitning bu nazariyasida barcha tovarlarni ishlab chiqarishda bir yoki bir necha mamlakatlar mutlaq ustunlikka ega bo’lsa, bunday vaziyatda qanday bo’ladi degan savol ko’rib chiqilmagan. Mazkur nazariya, agar mamlakatlar tovarlarni ishlab chiqarishda hech qanday mutlaq ustunlikka ega bo’lmasa, ular xalqaro savdoda qatnashishi mumkinmi degan savolga ham javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |