Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet111/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

VASLEY KLAR MITCHEL

  1. Vasley Klar Mitchel (1874-1948) 1896-yilda yunon va lotin adabiyotini o’rganish uchun Chikago Universitetiga o’qishga kirdi. Jon Devey va Torsten Veblenning darslarini olgandan so’ng, falsafa va iqtisodiyotga ko’proq qiziqa boshladi va nihoyat iqtisodiyotni davom ettirishga qaror qildi. Mitchel Veblenning g’oyalarini to’lig’icha qabul qilmagan bo’lsada, uning iqtisodiyoti ortodoksal emas, shuning uchun unda odatda, institutsionalitlar maktabi bilan bir xil deb qaraladi. U Veblenning ba’zi ortodoksal iqtisidiy nazariya tanqidlarini qabul qildi va ularni to’ldirdi, lekin u sanoat iqtisodiyotini tushuntirib beruvchi to’liq nazariy tizim yaratishga harakat qilmadi. Mitchel Veblenning metodologiya haqida yozgan asarlaridagi diqqat bilan tadqiq etish va amaliy ma’lumotdagi uning barcha nazariy ishlari asosi kabi maslahatlarni to’ldirdi va shunga ergashdi. Uning tadqiqodchi va olim sifatidagi misollari va uning makroiqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish va to’plash uchun tashkil etgan Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi uning asl nazariya uchun qo’shgan hissasiga nisbatan ancha muhim edi.

Ortodoksal iqtisodiy nazariya haqidagi Mitchelning fikrlari asarlaridan biri Iqtisodiy nazariya turlarida ma’ruza qaydlari39 da tasvirlab berilgan. Uning J.M.Klarkka yozgan noodatiy ochiq xatida, iqtisodiy nazariyaning asosiy oqimidan yo’nalishini o’zgartirganligini, fikrlari undan boshqachaligini ochiqchasiga bayon etgan40. Shuningdek u aniq muammolar va metodlarni abstraktlariga nisbatan afzal ko’ra boshlaganligini aytgan. U katta xolasini “eng yaxshi Babtist bo’lganligini va xudo dunyo uchun qanday rejalar tuzganligini aniq biladi”41 deb eslaydi. U xolasi haqida yana shunday deydi: “xolam mantiqiy qiyinchilik-larni yaxshi ko’rishdan qutula olmagandi. U doim mantiqiy tuzilishga qaytib, men qiziqadigan moliyaviy faktlarni keltirar-di”42.
Mitchel dalillarni keltirish orqali iqtisodiyotga o’ziga xos yondoshishni ko’rsatdi. U Chikagoga bordi, u yerda falsafani ham iqtisodiyotni ham o’rgandi. U iqtisodiyotni falsafadan osonroq deb bildi. Iqtisodiy nazariya dalillari Quesneydan Marshalga o’tga, oddiy munosabatlar metafiziklarning sezil-masliklari bilan taqqoslandi. Nazariyaning texnik qismi oson. Menga yer bering va men yer orqali olib sotarlikni davom ettiraman shuningdek men “xulosalarim”43 foydasiz ekanligini ham bilaman. Mitchel Veblenning fikrlaridan hayron bo’ldi va sezdi “nazariyalar davom etishida ba’zilari bir biriga mos keladi. Hali Mitchel Veblenning tizimidagi ortodoksal nazariyadagi bir xil metodologik zaiflikni anglab yetmasdan, ularning farazlari ham, maqsadga muvofiq xulosalari ham muvaf-faqiyatsizlikka uchradi”44. Lekin hech narsa ortodoksal iqtisodchilarning bajaradi-gan ish tartibi me’yorlari ilmiy bo’lmagan sinovlar bilan bog’lana olishiga meni ishontira olmaydi.
Bu o’ziga xos munosabat Mitchelning umr bo’yi qilgan sa’y harakatlarida aniq ravshan ko’rinadi. Iqtisodiy nazariyalar tarixini o’rganishda, u ma’lum bir nazariyachilar so’zlariga qiziqmadi. Lekin ba’zi muammolarga aynan shu nazari-yachilar qarshi chiqdi boshqalar emas, nega ular ma’lum mulklarni hech qanday savolsiz qabul qildi va nega ularning zamondoshlari ular muhim deb bilgan fikrlarni va xulosalarni qabul qildi. Iqtisodiyot nazariyasi tarixida Mitchelning ishlari relativ pozitsiyaning eng yaxshisini namoyish qildi. U iqtisodiy nazariyani kengroq tushuntirdi va davr muammolariga aqliy munosabat bildirdi. Bu munosabat ham uning biznesdagi ishini aniq ko’rsatib berdi. Abstrakt mulkchi-likda hech qanday davrlar nazariyasi topilmaganligini u rad etdi va natijalar xulosa qilindi. Uning yondoshishi u taklif etgan noaniq nazariyalarni tekshirishda dastlabki bosqichdek vaqt qismlariga misol bo’ladi, shuningdek u diqqat bilan tuzil-gan edi. Uning ishlari biznes davrlari paydo bo’layotgan vaqtda deyarli nazariy edi, bu nazariy tushunchalar yashirin va butinicha tahlil qilinardi.
U shuningdek ortodoksal nazariyaning gedonistik psixolo-gik taxminlariga e’tiroz bildirdi, lekin Veblenning instikt nazariyalarini ham qabul qilmadi. U ijtimoiy fanlar inson harakatlarini yaxshiroq tushuntirishi rivojlanishini tasdiqladi. Ularning tushuntirishi hatti harakatlarini o’rganuvchilar psixo-logiyasida amaliy o’rin egalladi va ularning yo’llaridagi turli xil bo’limlarning ishlariga ko’ra u inson hgatti harakatini o’rga-nishda ko’proq umumiy yondashishni qo’llab quvvatladi. Ortodoksal nazariya me’yor va muvozanatda noto’g’ri joylash-gan tizimdagi tekshirish o’rniga uning faol o’zaro bog’liqligi o’rin egallagan.
Mitchel yozuvlarining tub ma’nosi ortodoksal nazariyadagi ziddiyat bilan birgalikda etik ziddiyat ham bor. Mitchel iqtisodiy bilimini ijtimoiy yordamni rivojlantirishga, ishlatishga umid qilgan, iqtisodiy haraklatlardagi o’zgarishni yaxshiroq nazorat qilish, firmalar harakatlarinng yaxshiroq birlashishiga erishish uchun iqtisodiyotni o’rganish milliy rejalashtirish uchun ehtiyojlarni ko’rsatadi.
Mitchel Veblenning moliyaviy va sanoat xizmatlari o’rtasidagi farqni biznes davrlarini o’rganishda uning yondoshishini umumiy yo’l ko’rsatuvchi sifatida qabul qildi. Iqtisodiy harakatlardagi o’zgarishlar biznes qarshi harakati orqali foydaning qimatlari o’zgarishini keng miqdorini tashkil qiladi. Chunki biznes fikrlarida ishonch va mavhumlik joylashadi, biznes odamlarining investitsiya fikrlari doim kelajakka ham optimistik ham pessimistik qarash natijasida bo’ladi. Iqtisodiy harakatlardagi o’zgarishlar iqtisodiyotdagi pul bilan bog’liq tizimlar rivoji sifatida qabul qilinadi. Shu sababli ortodoksal nazariya bilan uning me’yoriy, o’zgarmas va muvozanat tushuncha asoslari mos kelmaydi. Mitchel biznes davrining yana bir boshqa modelini chizishga harakatqilmadi. U biznes davri mobaynida nimalar sodir bo’lganligini tushuntirish o’rniga. Bu davrni tavirlovchi tahlillqrni berishga harakat qildi. Chunki har bir davr noyob, umumiy nazariya rivojlanishi mumkinligi chegaralangan; hali barcha davrlar aniq o’xshashlikka ega emas, chunki tushkunlik yngidan boshlash, rivojlanish va krizisning tuli xil davrlari davomida barcha iqtisodiy kuchlarning o’zaro ta’sirini ko’rsatib bergandi.
Mitcheldan oldin boshqalar bu davrni o’zini yaratilioshiga sabab bo’lgan jarayon sifatida ko’rgan bo’lishiga qaramay, u birinchi bo’lib bu tushunchaga mukammal shakl bedi va u bilan keng amaliy ma’lumotlarni himoya qildi. Uning bu davrni tushuntirishi qarama qarshiliklardagi foydalar bosqichining o’zgarishi asosida bo’ldi. Tushkunlikdan keyingi tiklanishning urug’larini narxlarning tushishiga qiziqish, foyda keltirmaydigan firmalarni tugatish, o’zgaruvchan narxlarni rad etish va mol mulk ro’yxatlari tushib ketishi ham tuzatiladi. Shuningdek rivojlanish krizisning urug’larini va keyingi tushkunlikni narxlarni ko’tarish bilan surib chiqaradi. Mitchelning tasvirlovchi tahlillari natijalari bilimdonlarni nazariyaning mulohazalari yig’indisi tasvirlash va matematik qiziqishlardan holi bo’lgan va ma’lum ma’noda Marshalnikiga o’xshardi. Marshal-ning mikroiqtisodiy tahlillari ostidagi murakkab nazariy tub ma’no yo’qolgan, lekin ba’zi o’lchovlari haliham mavjud, Mitchel nazariy ishlarining o’lchami yo’q deb atalgan. Boshqalari, Keynesdan keyingilar bu xatoni tushungan, ular mashina pedali (accelerator) usulida Keynesning marginal kapital ustunligida va faoliyatni to’xtatishni afzal ko’rishga vazifadosh edi. Mitchel biznes davrlarini iqtisodiyot-ning qolgan davrlaridan alohida ko’rib chiqish mumkinmasligiga ishonardi; u tizimning qismi va tuguni shuningdek asosda tizim yaratilishiga sabab bo’lgan. Har bir bosqish keyingi bosqich davrida rivojlanadi, har bir avlodning iqtisodchilari yoshliklarida o’rgangan biznes davrlari nazariyasi qayta taqsimla-nishi sababini ko’rib chiqadi45.
1920-yilda, 45 yoshini qarshilagan Mitchel Iqtisodiy tadqiqotlar milliy buyurosini tashkil etdi. Bu shaxsiy foyda keltirmaydigan tuzilma Qo’shma Shtatlardagi iqtisodiy tadqiqotlarni mablag’ bilan ta’minlashda juda muhim hisob-langan. Uning eng muhim yutug’i, u miliy daromadni va biznes davri tadqiqotlari o’lchovlarini o’z ichiga oldi, shuningdek u iqtisodiyotning deyarli barcha yo’nalishlaridagi tadqiqotlarga homiylik qildi. Biz Qo’shma Shtatlardagi iqtisodiy tadqiqotlarning rivojlanishini o’rganadigan bo’lsak, unga Mitchelning qo’shgan hissasini ko’rsatish uchun eng kamida uzun bir bob kerak bo’ladi. 16-bobda biz uning talabalaridan biri Simon Kuznetning ishlarida Mitchelning ba’zi bevosita ta’sirlarini ko’rib chiqamiz, misol uchun iqtisodchilarning ishlaridagi ba’zi bilvo-sita ta’sirlar abstrakt deduktiv modelni namoyish qilishga qaraganda iqtisodiy harakatlarni baholashga ko’proq qiziqish bildiradi.



Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish