Mehnat birligiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi
Vino (litr)
|
Mato (metr)
|
Angliya
|
12
|
6
|
Portugaliya
|
8
|
4
|
Qiyosiy ustunlik nazariyasi keng va muhim natijalarga ega. Biz ko’rib chiqganimizday, olimlar ham, merkantilistlar ham davlatlar o’rtasidagi ayirboshlash yoki savdoni boshqalarning xarajatlari orqali faqat bir tomonga samara kelishi tarzida ko’rib chiqishgan. Buning sababi shundaki, ular ko’r-ko’rona tovarlarning umumiy hajmi doimiy bo’ladi deb hisoblashgan: shuning uchun bitta tomon foyda ko’rsa, boshqa tomon yutqizgan. Bunday yondashuv boshqa nazariyalarda ham kuzatish mumkin, ular iqtisodiy ayirboshlashlarni murosasiz jarayonlar deb qarab, bunda g’oliblar va mag’lublar bo’ladi deb hisoblashgan.
Rikardo o’zining qiyosiy ustunlik nazariyasi bilan tomonlar o’rtasidagi ixtiyoriy savdo yoki ayirboshlashni ikkala tomonga ham foyda keltirishi mumkinligini isbotladi, chunki qiyosiy ustunlik tovar ishlab chiqarishni ixtisoslashuviga olib keladi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va natijada yalpi ishlab chiqarish ortadi. Bu g’oyaga kichik shahar, mamlakat va xalqaro savdo nuqtai nazaridan yondashish mumkin. Keling, faraz qilaylik, shahardagi eng yaxshi advokat bir vaqtning o’zida eng yaxshi kotiba ham hisoblansin. U o’zining shaxsiy yuridik ishlarini o’zi kompyuterida terib, bosmadan chiqaradimi? Yo’q, u o’ziga kotiba yollaydi, chunki u yuridik ishlari-da ham, kotibalik ishlarda ham mutloq ustun bo’la olmaydi, bu qiyosiy ustunlik nazariyasida vaqtni tejab yuqori daromad olishga teng. Uning kotibasi bo’lsa ixtiyoriy ravishda advokatning soatbay ish haqidan ancha past bo’lgan ish haqiga rozi bo’lib, kompyuterda ishlaydi, keyinchalik u o’z sohasidagi qiyosiy ustunlik nazariyasi natijasi boyicha ancha ta’minlangan xodimga aylanadi. Qiyosiy ustunlik amaliyotida mahsuloning umumiy summasida: iqtisodiy xissa yuqori bo’ladi. Demak, uni advokat va kotiba o’rtasida, Nyu York va Kalifor-niya, Angliya va Portugaliya o’rtasida qo’llash mumkin.
Sanoatni tashqi savdodan himoya qilishga asoslangan merkantilistik yondashuv Smitning mutloq ustunlik nazariyasini buzib tashlaydi, chunki qiyosiy ustunlik nazariyasi bilan uni umuman yo’q qilamiz. Shuningdek, ushbu nazariya jamiyatda nisbiy taqchillik natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni, iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi tovarlarni ixtiyoriy ayir-boshlash orqali ishlab chiqarish yalpi hajmini ko’paytirishda va o’zaro foydani ko’paytirishga hamda shu asosda yuqoridagi kelishmovchiliklar bartaraf etilishiga sababchidir. Baxtimizga, advokat ham, kotiba ham qiyosiy ustunlik nazariyasini tushinishlari shart emas, chunki bu nazariya ular qanday o’ylayot-ganlarini emas, balki qanday xarakat qilayotganligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |