Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet80/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. Iqtisodiy taraqqiyot, J.S.Mill ta’limoti bo’yicha, fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarish va jamg’arish ko’payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko’pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o’sishiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xom ashyo qiymatidan tashqari).
J.S.Millda kapital evalyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o’xshab ketadi. Foyda me’yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg’arishga va jamg’arilgan vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me’yorining minimum darajasiga bo’lgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni ko’paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda me’yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib ketadi; bu erda kapital yo’qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. Kapitalning bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz me’yorini oshirib, jamg’armaga bo’lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. U, shuningdek, foyda me’yorining pasayish moyilligi davlat xarajatlarini oshirishga qarshi bo’lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb hisoblaydi.
Ko’rilayotgan kapital harakatning oxirgi natijasi – bu iqtisodiy yuksalish uchun kurash to’xtagan paytdagi turg’unlik holati hisoblanadi. Ammo J.S.Mill, agar turg’unlik holati ishlab chiqarishning yuqori darajasida yuzaga kelgan bo’lsa, unga ijobiy munosabatda bo’lgan «Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko’paytirish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga ko’ra, hech kim kambag’al bo’lmagan, hech kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalarning orqaga surib tashlanishi xavfi bo’lmagan vaziyatdagi jamiyat, odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg’unlik davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish uchun, ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar hech cheklanmagan bo’ladi.
Odam o’zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini adolatsizlik deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin uning ko’pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e’tirozga javob shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz, asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta’minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz bajarib bo’lmaydi. Bu narsalarning hammasi o’tgan mehnat mahsuli hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo’lganda, ularda mahsulotni boshqa birovlar bilan bo’lishishga zarurat bo’lmas edi. Ammo ishchilarda bu narsalar bo’lmaganligi uchun ular ekvivalentning bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk doirasidan er chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli hisoblanmaydi).

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish