Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet64/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Ishlab chiqarish Taqsimot


Ishlab chiqarish Taqsimot

Ushbu rasmda A.Smitning birinchi kontseptsiyasi «mehnat» so’zi yozilgan yaxlit strelka ko’rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat yagona manba ekanligini ko’rsatdi. Mehnat bilan yaratilgan daromad taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga bo’linadi. A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasining asl ma’nosi «Kapital» va «Yer» so’zlari yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka yordamida ifodalangan. Bu kontseptsiya mahsulot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga kapital va erning ham ishtirok etishini bildiradi.
Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida bo’ladi. Mehnat ish haqi ko’rinishida daromad yaratadi, kapital foyda ko’rinishida daromad yaratadi, er renta ko’rinishida daromad yaratadi.
A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni («qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni tadqiq qilishga o’tish bilan bog’liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbai bo’la olmaydi. “Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’lgan. Kapital jamg’arilishi va erning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda, –deb yozadi A.Smit, – mehnat miqdorlari o’rtasidagi nisbat mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo’lib kelgan. Barcha mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’ladi va sarflangan mehnatning miqdori bahoning yagona o’lchovi hisoblanadi”.
Keyinchalik, kapital jamg’arilib borgan sari vaziyat o’zgarib boradi. Tovarning qiymati ikki qismga bo’linadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo’ladi. Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo’la olmaydi.
A.Smitning fikri bo’yicha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va er uchun to’lanadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy me’yorlar mintaqalar bo’yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, geografik va tabiiy sharoitlarga, o’rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab o’rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» kontseptsiyasiga o’xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o’rnatiladi, A.Smit bo’yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – ob’ektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir.
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Ushbu tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo’lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo’lgan bo’ladi va tadbirkorlar ishlab chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va taklifning ko’payishini rag’batlantiradi. Natijada, bozor bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning etishmasligi, tabiiy va sun’iy monopoliyalarning mavjudligi bilan bog’liq holatlar bundan istisno.
d) sinflar va daromadlar
A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko’rsatiladi: er egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar:
– er egalari qo’lida asosiy ishlab chiqarish vositasi er bo’ladi. Ular ijaraga bergan eri uchun ijara to’lovlari sifatida ushbu erdan olingan daromadning bir qismini renta ko’rinishida oladi;
– tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xom ashyo zaxiralariga) egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko’rinishida foyda oladi;
– yollanma ishchilar – eng ko’p, kambag’al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko’rinishida ish haqi oladi,
A.Smit bo’yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va qatlamlarni ham o’z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlarning daromadlari esa – ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi.
A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko’rib chiqdi.
Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit bo’yicha, mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevosita bog’liq. A.Smitning ish haqi nazariyasining e’tiborga molik joyi shundan iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda mehnatga haq to’lash miqdori yashash minimumi darajasigacha pasayadi deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga, A.Smit mehnatga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida ish haqini oshirish tarafdori bo’lgan. Uningcha, past ish haqidan ko’ra, yuqori ish haqi amal qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, ishga jalb etish mumkin bo’ladi.
Foyda nazariyasi. A.Smit bo’yicha, tovar qiymatining bir qismi ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko’rinishida uning foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga to’lanadigan haq deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik daromadining adolatli ekanligini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda miqdori, A.Smit bo’yicha, “kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko’p yoki kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq bo’ladi”. Foyda me’yorining pasayish moyilligi qayd qilib o’tiladi, bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bog’lab tushuntiriladi, negaki ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past bo’ladi.
U foyda miqdoriga 3 ta omil ta’sir ko’rsatishi mumkin deb taxmin qiladi:

  1. Mehnat bozorlaridagi raqobat. Buning natijasida maoshlar ko’tariladi.

  2. Mahsulot bozori o’rtasidagi raqobat. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat ortadi, mahsulot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi.

  3. Investitsiya bozorlarida raqobat, investitsiya imkoniyatlari soni cheklangan, kapital miqdori oshganda foyda kamayadi.

U ba’zi hudud (masalan Shimoliy Amerikada) maosh va foyda har ikkisi yuqori darajadi oshganini ham e’tirof etib o’tadi.
Renta nazariyasi. A.Smit nazariyasiga ko’ra, renta ishchining haq to’lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir qismi hisoblanadi. U rentada erga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi unsurlarini ko’rgan, lekin absolyut va differentsial renta tushunchalari ajratib ko’rsatib bermagan. Er uchastkalari ham unumdorligi, ham joylashishi bo’yicha farq qilishi, bu farqlarning ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan.
Smit rentaning eng kamida 4 ta nazariyasini taklif etadi, Rentaning kelib chiqishi

  1. Yer egalari tomonidan talab

  2. Monopoliya

  3. Turli xil afzalliklari

  4. Tabiat saxiyligi bilan belgilanadi

Nominal narx. Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina mahsulot narxlari kabi belgilanadi deb izohlagan bo’lsa ham, u talabning rolini butunlay rad etmagan. U bozordagi narx talab va taklifning har ikkisi tomonidan belgilanadi deb ishongan. U ba’zida tabiiy narxlar ham aynan talab va taklifga bog’liqligini ta’kidlagan. Shuningdek, u iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va tabiiy narxlar tuzilmasida talabning o’rni haqida qayd etib o’tgan. Nominal narxni belgilashda ba’zi faktorlar chalg’ituvchi bo’lgani sabab Smit 3 ta alohida nazariyani ishlab chiqdi: 1) mehnat qiymati; 2) mehnat buyrug’i nazariyasi va mahsulot narxi nazariyalari. Smitning fikricha, narxlar talab va taklif bilan bog’liq holda shakllanadi.
Taqsimot nazariyasi. Daromadning shaxsiy taqsimoti alohida sotilgan maxsulot miqdori va narxiga bog’liq bo’ladi. Mehnat ko’pchilik oila va ro’zg’or tomonidan egalik qilinadigan mahsulot omilidir, shuning uchun daromad maosh darajasi va ish vaqtiga bog’liq bo’lgan holda shakllanadi deydi.
Smitning iqtisodiy nazariyaga qo’shgan ulkan hissasi nihoyatda ulkan. Boshqa o’sha davrdagi mutafakkirlarga qaraganda, Smit bozor iqtisodiyotini boshqarishning asosiy g’oya va kuchlarini ko’ra oldi. Biroq, uning ishlari xatolardan holi emas. U bazi jabhalarda, ya’ni narxlarning umumiy darajasi, nisbiy narxlarda chalkashliklarga yo’l qo’ydi. Biroq uning g’oyalari iqtisodiy siyosat va bozor o’rtasidagi munosabatlarga aniqlik kiritdi, tartibga soldi.
Umumiy olganda, Smit raqobatbardosh bozorlar faoliyati ustida tadqiqotlar olib brogan holda iqtisodiy nazariyaga sezilarli darajada o’z hissasini qo’shgan Rikardo, J.S.Mill va Alfred Marshal kabi nazariyotchilar Adam Smitning tahlillarini o’rganishgan.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish