Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet49/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Daromadlar nazariyasi. Ishchilarning daromadlari, pul kapitali va yer egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko’payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga ko’rsatilgan minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa, u chog’da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi. bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan bog’lab tushuntirganlar.
Tadbirkorlar va yer egalari daromadlari U.Petti o’zi umumlashtirgan tushuncha – “renta” sifatida tavsiflanadi. U, masalan, dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o’rtasidagi farqni renta deb atagan (ya’ni tuproq unumdorligiga bog’liq bo’lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda foizining kelib chiqish mohiyatini ko’rib chiqqach, U.Petti soddalashtirib, bu ko’rsatkich “ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi mumkin bo’lgan muayyan yer maydonidan olinadigan rentaga teng”, deb atadi.
Yana bir joyda er uchastkasining bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko’rsatib beriladi. Aholi yashash joylariga yaqin joylashgan yer uchastkalaridan nafaqat yuqori renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday unumdor, lekin aholi turar joylaridan ancha uzoq bo’lgan yerlarga nisbatan ko’p bo’ladi.
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan muammoni echib berishga uringan. Lekin bu yerda ham olim mazkur muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yerning bahosi bir yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni yerning bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan sonni topa olmadi.
Shu bilan birga, uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o’ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer egasi o’z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o’sha summadan ko’pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi bo’lgan kapitalistga birdaniga juda ko’p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan, biroq o’limidan so’ng 10 yil davomida qolgan 4 ta kitobi ham nashr etilgan. Bu kitoblar ko’proq traktatlar bo’lib izchil tuzilmaga rioya qilinmagan edi. Petti to’quvchilar oilasida tug’ilgan bo’lib, kambag’allikni boshidan kechirgan yorqin olim edi, u 15 yoshigacha navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, fransuz tillarini o’rganib bo’lgan edi. Uilyam Petti dengizchi, fizik, kashfiyotchi va eng muhimi iqtisodiy o’zgaruchanlik o’lchovi mavzusini yoqlagan birinchi iqtisodchi sifatida faoliyat ko’rsatib, hayoti so’ngida nihoyatda boyib ketgan. Uning iqtisodiy qaydlari umumiy traktatlar emas edi, ular Uilyamning amaliy qiziqishlari natijasi edi, jumladan ular soliq siyosati, pul va o’lchov masalalariga bag’ishlangan edi.
Pettining Siyosiy Arifmetikasi 1676 – yilda yozilgan bo’lsa- da, 1690 – yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.
Buni amalga oshirish uchun biroz noan’anaviy usuldan foydalanaman. Nisbiy va absolyut so’zlarni, intelektual ta’kidlarni ishlatishdan ko’ra men… son, og’irlik va o’lchovlar orqali tushuntiraman, sezgilarga ta’sir qiluvchi ta’kidlarnigina ishlatish va faqat shunday sabablarni o’rganish tabiiy asoslarga ega13.
U hayoti davomidagi va undan oldingi falsafiy o’zgarishlardan chuqur ta’sirlangan. Aristotel va sxolastlar o’z tahlillarini faqatgina so’z orqali ifoda etardilar, lekin Dekart, Gobbs va Bekonlar ilmiy fanga induktsiya, empiritsizm va matematikani olib kirdilar.
Petty ijtimoiy voqealarni o’lchashda statistic usullarni qo’llashni ochiqchasiga ma’qullagan birinchi olim bo’lgan bo’lsa kerak. U aholi sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy jamg’arilgan kapitalini o’lchashga harakat qilgan. Uning uslubi haddan tashqari hom bo’lib, Adam Smitning siyosiy arifmetikadan kam foydalanganligini ko’rsatar edi.
O’z tahlili va siyosiy xulosalaridan oddiy merkantilist bo’lib ko’rinsa ham, keyinchalik xulosalari muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy nazariyaning va ijtimoiy fanlarning shakllanishida Petty muhim rol oynadi. 1- bobning ilovasida biz iqtisodiyot nazariyasi metodologiyasi haqida fikr yuritgan edik. Bizni qiziqtirgan eng muhim masalalardan biri fundamental tamoyillarni keltirib chiqarishda foydalaniladigan mexanizmlar edi. Iqtisoddagi eng kuchli an’analardan biri ilmiy metodologiya bo’lib, unda muammolar va nazariyalar til orqali tushuntiriladi. 19-asr ohirigacha gipotezani tekshirish hozirgi vaziyatga yoki tarixga solishtirish orqali amaga oshirib, statistikadan kam foydalanilar edi. Pettining g’oyalar son, og’irlik va o’chovlar orqali ifodalanishi va tabiatda ko’rish mumkin bo’lgan g’oyalargina qabul qilinishi kerak degan mashhur g’oyasi hozirgi iqtisodiy nazariyaning asosi hisoblanadi. Uning statistikadan dastlabki foydalanishlari hom bo’lishiga qaramay, uning metodoligik yondashuvi o’z davrining empirik induktsiyasidan tortib hozirgi kundagi iqtisodiy jurnallarda ishlatiladigan zamonaviy ekonometrik yondashuvlar bilan bir hil ahamiyatga ega. Biz o’lchov va iqtisodiyot nazariyasi tamoyillari bilan bog’liq muammolarga keyinroq “Zamonaviy iqtisodiy nazariya va uning tanqidi” deb atalgan 4- bo’limimizda yana qaytamiz 14



Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish