Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Yangi Keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda muammolar



Download 3,72 Mb.
bet127/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

13.3.Yangi Keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda muammolar
Boshqa zamonaviy iqtisodchilar simulyatsiya (qayta tekshirib ko’rish), komplekslik va sub’ektiv modellardan makroiqtisodiy asosni rivojlantirishga xarakat qildilar. Bunday modellarda institutsional xususiyatlar inson tabiatidan deb bilingan va simulyatsiya, ya’ni qayta qayta tekshirib ko’rish orqali qanday strategiyalar qolishi aniqlangan. Bu ishlar Keyns nazariyasining yangi asoslari rivojlantirilishi tarafdori bo’lgan “yangi keynschilar” maktabining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ularning fikricha mikroiqtisodiyotga mikroiqtisodiy asoslarda bo’lgani kabi makroasoslar ham bo’lishi kerak. Bu zamonaviy iqtisodchilar neokeynschilik modelining yangi klassik tanqidini qabul qilishni xoxlaganlar, lekin ularning fikricha Keyns nazariyasi va ratsional kutish nazariyalari o’rtasida xech qanday qarama-qarshilik yo’q. Bu ularni yangi klassiklarga optimal javob makroiqtisod uchun institutsional nuqtai nazardan xayotiy mikroiqtisodiy asos topish emas, balki Keyns makroiqtisodiy nazariyasini anglab yetishning kaliti mikroiqtisod uchun makroasos topish kerakligini anglash deb ta’kidlashga undadi. Biz makroiqtisodiy sharoitdan holi ravishda berilgan insonning qaror qabul qilishini tahlil qila olmaymiz. Yalpi ishlab chiqarish funksiyasi korxona ishlab chiqarish funksiyasidan chiqarilishi mumkin emas va muvofiqlashtirishdagi muammolar sabab ishlab chiqarish xajmi tez o’zgarib ketishi mumkin. Ular alohida olingan shaxsning qarori boshqalarning kelajakda kutilayotgan qaroriga qarab o’zgaradi, va shuning uchun iqtisodiyot kelajakni kutish boshqotirmasiga duch keladi.
Shunday qilib, ratsional odamlar jamiyati har bir inson ratsonal-to’g’ri qaror qabul qiluvchi, lekin shaxsiy qabul qilgan ratsional qarorlarning natijasi oxir oqibatda jamiyat uchun irratsional bo’lib chiqadigan kelajakni kutish boshqotirmasiga duch keladilar. Yangi keynschilar fikriga ko’ra insonlarni ratsional taxmin qila oladilar deb qabul qilish yangi klassiklarning barcha bozorlar ijtimoiy zarur xajm sharoitida bshchlganda fiskal va monetar siyosat foydasiz degan xulosasiga olib keladi. Lekin ular bu noto’g’ri faraz, ya’ni tahlildan mantiqan kelib chiqadigan faraz emas deb ta’kidlaydilar.
Masalan, insonlar birgalikda talab kam bo’ladi deb kutishlari mumkin va shuning uchun kamroq miqdorda tovar ishlab chiqarishlari mumkin: taklif kam, chunki kutilayotgan talab kam. Agar bir odam kelajakdagi talab miqdorining kamayishini kutganda, shu kutilayotgan tushishning ta’siriga mos ravishda taklif miqdorining tushishini kutilishini (taxminlarni) muvofiqlashtiruvchi tizim bo’lmasa, taklif xaddan tashqari tushib ketadi. Yangi Keynschilar ratsional kutish nazariyasini emas, balki iqtisodiyot avtomatik tarzda ijtimoiy optimal darajada muvozanatlashadi degan farazni qabul qila olmaganlar.
“Abstrakt o’yin-nazariy modeldan boshlab, umumiy muvozanatlik mavjudligini ko’rsatadigan yangi Keynschilik ishlarining asosiy qismi abstrakt va nazariydir”71. Bu abstrakt modellarni tushuntiruvchi oraliq kitoblar mavjud emas, lekin ular buni qilishlari kerak edi.
Keyns nazariyasiga qiziqishning oshishi Keyns iqtisodiy siyosati deb nomlangan siyosati oldingi mavqeini tiklab oldi degani emas. 1970 yillarda nazariy jihatdan samarali hisoblangan bo’lsa ham, siyosiy jihatdan monetar siyosat samaralimi yoki fiskal siyosat degan munozara kuchayib bormoqda edi. Ko’pchilik Keynschilar monetar va fiskal siyosatdan amalda siyosiy jihatdan foydalanish qiyin edi va to’g’ri iqtisodiy tamoyillar emas, balki iqtisodiy siyosat budjet taqchilligi va pul taklifning o’sishiga sababchi bo’lmoqda.
Yangi keynschilar va yangi klassiklar o’rtasidagi munozara tez orada chigallashib ketdi. Bularni iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq emas. Eng zamonaviy makroiqtisodiy tadqiqotlar va eng tugallangan makroiqtisodiy o’qish zamonaviy munozarani anglab yetish uchun kerakli bo’ladigan uslubiy asosni o’z ichiga olishini bilish muhimdir.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish