Dars bosqichlari
|
Dars jarayonining qisqa tahlili
|
Tashkiliy qism (5 minut )
|
Darsga o’z vaqtida kirdi va o’quvchilar bilan salomlashdi.
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirdi
Navbatchi axboroti bilan tanishdi
Siyosiy va fanga oid yangiliklar bilan tanishtirdi.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifasini tekshirish (7 minut)
|
O’tilgan mavzu:Word dasturida hujjatlarni formatlash.Amaliy mashg’ulot.
O’tilgan mazvuni mustahkamlashda “Aqliy hujum” metodidan foydalandi.
Bahosi kam o’quvchilarga quyidagi savollarni berib mavzuni mustahkamladi.
Matndagi belgini qaysi klavishlar orqali o’chiriladi? (Backspace va delete)
Barchasini belgilash buyrug’i qaysi klaviaturalar ketma-ketligi yordamida bajariladi? (Ctrl+A)
Blok deb qaysi holatga aytiladi? (Belgilangan matn holatiga)
Abzastni tezkor belgilash qanday amalga oshiriladi? (Sichqoncha chap tugmasi 3 marta bosiladi.)
Uyga vazifani tekshirish:
O’quvchilarga uyga vazifa qilib har bir o’quvchi o’zi haqida ma’lumot word matn muharririda yozib kelish berilgan ekan. O’quvchilarni vazifalarini ko’rib chiqdi va qanday ketma –ketlikda bajarilganligini so’radi.
|
Yangi mavzuni bayoni (20 minut)
|
Yangi mavzu : Hujjatlarni taxrirlash va formatlashga oid mashqlar.
O’quvchilarga “Mening do’stim” nomli hujjat tayyorlatdi.Hujjatga matn yozdirdi va shrift, sahifa, abzas formatlarini o’zgartirishni o’rgatdi.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, mustaqil vazifalarni bajarilishi (6 minut)
|
Yangi mavzuni mustahkamlashda tarqatmadan foydalandi.
1.Ctrl+A klavishining vazifasi nima?
2.Ctrl+X klavishining vazifasi nima?
3. Ctrl+C va Ctrl+V klavishining vazifasi nima?
4.Hujjatda o’chirishning necha xil usuli bor?
5.Hujjatda nusxa ko’chirishning necha xil usuli bor?
Yuqoridagi savollar asosida o’quvchilar tarqatmalarga javob berishdi. Javoblarni o’quvchilar bilan birga tahlil qilib chiqdi.Dars jarayonida o’quvchilarga Word dasrurida “O’zbekistonda bahor” mavzusida matn yozishini vazifa qilib berdi.
|
Darsga yakun yasash, o`quvchilar bilimini baholash
|
O’qituvchi darsda foydalangan tushunchalarni bir qator takrorlab o’tdi.Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholadi.
|
Uyga vazifa
|
Word dasturida jadval hosil qilish usullarini o’rganish va ularni ketma –ketligini yozib kelish.
|
Darsning yutuqlari
|
Darsning kamchiliklari
|
Darsni yaxshi boshladi.
Nazariy ma’lumotlarni tushuntirib, ularni amaliy ham bajarib o’quvchilarga ko’rsatib ketti.
Dars jarayonida o’quvchilar bilan faol ishladi.
O’qituvchini nutqi ravon, o’quvchilar diqqatini jamlay oldi
O’z oldiga qo’ygan maqsadiga erisha oldi
|
Dars jarayonida tarbiyaviy maqsaddan foydalanmadi
Mavzuni mustahkamlash uchun taqatma material savollarni bazilari tushunarsiz bo’lib qolgan.
O’qituvchi o’zining tashqi ko’inishiga e’tibor bermagan.
|
|
|
|