Dars shiori: O’ganaman – o’rgataman Darsning maqsadlari Ta’limiy



Download 0,77 Mb.
Sana08.09.2017
Hajmi0,77 Mb.
#20164


Oltinko’l tumanidagi 28-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatning matematika va informatika fani o’qituvchisi O.Atabayevning 5-sinflar uchun Informatika fanidan 1-soatlik




Mavzu: Klaviatura bilan tanishuv
Dars shiori: O’ganaman – o’rgataman
Darsning maqsadlari

Ta’limiy:

O’quvchilarga kompyuter klaviaturasi haqida ma’lumot berish


Tarbiyaviy:

Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash


Rivojlantiruvchi:

Informatika faniga qiziqtirish


Dars turi:

Ma’ruza, bahs-munozara


Dars jihozi:

Darslik, doska, kompyuter klaviaturasi



Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism

  2. Ma’naviy daqiqa

  3. O’tilganlarni takrorlash

  4. Yangi darsni o’tish

  5. Mustahkamlash

  6. Uyga vazifa berish

I. Tashkiliy qism. II. Ma’naviy daqiqa

Dars muqaddasligini namunalar orqali tushuntirish


Masalan: “Sen, buni bilishing kerak!” degan majburlovchi da’vatni aytmaslik kerak. O’qituvchi o’quvchida “Menga informatika zarur ekan, men uni bilish, o’zlashtirishning, hayotda qo’llashning uddasidan chiqa olaman!” degan ichki bir ishonch va intilish uyg’otish.

Shuning uchun bilim olish uchun darsni muqaddas bilib uning har bir daqiqasining qadriga yetishni tushuntirish kerak. O’quvchilarni dars davomida rag’batlantirib borish. Yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar o’zlari o’rganaganini boshqalarga o’rgatishi kerakligini uqtirish.



III. O’tilganlarni savol-javob usulida takrorlash.

  1. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish nima uchun zarur?

  2. Elektr toki bilan bog’liq qanday qoidalarni bilasiz?

  3. Kompyuter jihozlari uzoq vaqt xizmat qilishi uchun qanday qoidalarga rioya qilish zarur?

  4. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari?

  5. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari, ular kompyuterga nima uchun zarur?

  6. Dastur deb nimaga aytiladi?

  7. Windows operatsion sistemasi haqida ma’lumot bering.

  8. Kompyuter xotirasida qanday ma’lumotlar bo’lishi mumkin?

  9. Fayllarning qanday turlari mavjud?

  10. Yangi fayllar qanday yaratiladi?


IV. Yangi mavzu bayoni

Klaviatura kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri hisoblanishi, va uning yordamida ma’lumotlar hosil qilish mumkinligi avvalgi darslardan sizga ma’lum. Klaviaturaning undagi tugmachalar soniga ko’ra bir necha turi mavjud. Har bir tugmachada 1 ta, 2 ta, 3 ta yoki 4 tagacha belgi(harf, son, ishoralar) yoki kursorni boshqarish buyruqlari joylashgan.



Klaviaturadagi tugmachalar vazifasiga ko’ra 6 turga bo’linadi.

1. Alifbo-raqamli tugmachalar: lotin, kirill harflari yoki arab raqamlari ko’rsatilgan tugmachalar guruhidan iborat:

Sonlar: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9.

Belgilar: ! “” № ; % : ? * ( ) ! @ # $ % ^ & _ + | / > < { } [ ] ’,.

Lotin va kirill harflari:

A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

АБВГДЕЁЖЗ И ЙКЛМНОПРСТУФХЦЧ Ш Щ Ъ Ы ЬЭ ЮЯ


2. Maxsus xizmat vazifasini bajaruvchi tugmachalar guruhi:

Tugmachalarning klaviaturadagi nomi

Talaffuz etilishi

Vazifasi

Esc

[eskeyp]

Oxirgi amalni bekor qilish

Enter

[enter]

Buruq yoki amalni tasdiqlash

Shift

[shift]

Bosh harfni yozish

Caps Lock

[kaps lok]

Faqat bosh harflarni yozish

Ctrl

[kontrol]

Boshqa klavishlar bilan birgalikda ishlatiladi

Alt

[alt]

Boshqa klavishlar bilan birgalikda ishlatiladi

BackSpace (←)

[bekspeis]

Kursordan chapda turgan belgini o’chirish

Delete (Del)

[delit]

Kursordan o’ngda turgan belgini o’chirish

Insert

[insert]

Harf yoki belgini almashtirish


3. Kursorni boshqarish tugmachalari:

Home[houm]

Kursorni satr boshiga o’tkazish



Kursorni bir belgi oldinga o’tkazish

End[end]

Kursorni satr oxiriga o’tkazish



Kursorni bir belgi keyinga o’tkazish

Pg Up[peyj up]

Kursorni avvalgi sahifaga o’tkazish



Kursorni bir satr yuqoriga o’tkazish

Pg dn[peyj daun]

Kursorni keyingi sahifaga o’tkazish



Kursorni bir satr pastga o’tkazish


4. Funksional tugmachalar – maxsus vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan. Ularning vazifalari har bir dasturda o’ziga xos bo’lishi mumkin:

F1 F2 F3 F4 F5 F6 F7 F8 F9 F10 F11 F12


5. Raqamli tugmachalar paneli – {Numlock} – indikatori yoqiq holatda “kalkulyator”, o’chiq holatda kursorni boshqarish vazifasini bajaradi.
6. Indikatorlar.

{PrintScreen SysRq} – Ekrandagi joriy tasvir nusxasini xotirada saqlab turish;

{ScrollLock} –

{Pause/Break} – Kompyuterda ishga tushirilgan musiqa, video, kliplarni vaqtincha to’xtatib turish.

Tugmachadagi belgidan birini tanlash, shu tugmani o’zini bosish yoki Shift tugmasi yordamida va lotin kirill alifbolariga o’tish usullari yordamida bajariladi.

Lotin alifbosidan kirill alifbosiga o’tish usullari

Masalalar panelida EN piktogrammasiga “sichqoncha” ning chap tugmasi bosiladi, hosil bo’lgan tanlov oynasidan til tanlanadi.

Klaviaturadan Alt+Shift tugmachalari ketma-ketligini bosish orqali ham buni amalga oshirish mumkin.



V. Mustahkamlash

Bloknot dasturini ishga tushiring va quyidagilarni kiriting



  1. Aa Bb Cc Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Oo….

  2. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10

  3. ! @ # $ % ^ & * ( ) – + < > ‘ ? « » \ | /

  4. Maktab, oila, Vatan. Toshkent, Andijon, 28-DIMI

  5. Я люблю свою школу, свой город, свою страну.

  6. 400$, 50%, (bir), “Informatika”, http://www.28-dimi.uz

VI. Uyga vazifa berish

O’quvchilarni rag’batlantirish, uyga vazifa III jadvalni to’ldirish.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish