Dars sanasi: Sinf: Fan nomi: Alifbo



Download 41,5 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi41,5 Kb.
#663051
Bog'liq
1 sinf ng tovush va ng ng harflari


Dars sanasi: Sinf:
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: Ng tovush va Ng ng harflari.
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, Ng tovushi va Ng ng harflari haqida bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda ajdodlar merosini qadrlash, ularga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan ko’rgazmali qurol
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi



Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich
Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.



Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Ng tovushi va Ng ng harflari haqida tushuncha berish

Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

Ng harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish
ng tovushini talaffuz qildirish

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

I Darsning borishi:
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini
tekshirish.
II O’tgan mavzuni so’rash:
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:

  • O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?

  • G tovushi bilan tanishgandik

  • G tovushi qanday tovush?

  • g tovushi undosh tovush

  • g harfini harf lentasidan ko’rsating

  • guldon, gilam so’zlarini bo’g’inlarga ajratib yozib bering

  • g harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi)

Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
O’quvchilarga kartochkalar tarqatiladi. O’quvchilardan tarqatilgan kartochkalardagi gaplarni o’qish talab qilinadi. 3-4 o’quvchi o’qigan gaplarning andazasi doskaga chizib ko’rsatiladi.
3. Yangi mavzuni tushuntirish
O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi.
O’quvchilarga ng tovushi talaffuz qilib ko’rsatiladi. Bu tovushning talaffuzida olingan havoning bir qismi burun bo’shlig’idan chiqishi, tilning orqa qismi tanglayga tegishibilan aytilib, ng tovushi bir necha marta talaffuz qilib ko’rsatiladi.
O’quvchilar oynaga qarab ovoz chiqarib talaffuz qiladilar. Bodring rasmi ko’rsatilib, gap tuziladi.
Dadam bodring ekdilar. Bodring so’zini andaza doskaga chiziladi. Tovush tomonidan tahlil qilinadi.
Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan so’zlar bo’g’inlarga bo’lib o’qiladi:
Tong keng tingla
Rang yeng tanga
Teng ta-rang bod-ring
O’quvchilarga Ng tovushi talaffuz qildiriladi. So’zlar takrorlanadi. Ushbu so’zlardan ng tovushi farqlanadi.
4. Dam olish daqiqasi
Tongda matni ifodali o’qib beriladi.
Tong otdi. Bulutlar ortidan quyosh mo’raladi. Bolalar yayradilar.
- Keling, Quyosh bobo! Doimo yonimda bo’ling, - dedi Elbek.
Hamma birgalikda o’qib takrorlaydi. Rasm asosida suhbat o’tkaziladi.
Berilgan rasmning nomi aniqlanib, katakchalarga yoziladi: chang
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Ng harfi elementlari daftarga yoziladi. Tong, rang so’zlari ham bir qatordan yoziladi
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.

Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish