II.O‘tilgan mavzularni so‘rash. (8 daqiqa)
O‘tilgan darslar yuzasidan o‘quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so‘rash: 3-mashq.(169-bet)
III.Yangi mavzu ustida ishlash. (30 daqiqa)
GALEREYA texnologiyasi asosida mavzu o‘zlashtiriladi.
1.O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi.Guruh nomlari: “Samarqand”, “Buxoro”, “Xiva”.
2. Har bir guruhga nomiga mos matn beriladi. Ular matnni o‘qib-o‘rganib, taqdimot tayyorlaydilar.
3. Taqdimotchilar “gid”lar deyiladi.Gidlar o‘z shaharlari haqida so‘zlab berishadi.
4. Guruh a’zolari savol tuzadilar va boshqa guruh a’zolariga beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |