Dars mavzusi: Ituzumdoshlar oilasi


lV. Yangi mavzuni o’rganish



Download 2,63 Mb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi2,63 Mb.
#811712
1   2   3   4   5
Bog'liq
Karamdoshlar oilasi

lV. Yangi mavzuni o’rganish.
Karamdoshlar oilasining vakillari yer sharining deyarli barcha qit’alarida o’sadi.U 350 turkumga oid 3000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi.O’zbekistonda bu oilaga mansub 200ga yaqin tur va 76 turkum uchraydi.
Karamdoshlarning ko’pchiligi bir yillik ,ikki yillik va ko’p yillik o’tlardir. Ildizi o’qildiz tizimli. Poyasi- tik o’suvchi. Barglari oddiy , butun yoki qiryuqilgan ,poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari to’g’ri va ikki jinsli ,shihgil to’pgulda o’rnashgan.Gulqo’rg’oni murakkab gulkosa va gultojga ajralgan.
Gulkosacha to’rtta, bir-biri bilan qo’shilmagan gulkosachabarglardan, gultoj ham to’rtta erkin holdagi gultojibarglardan tashikil topgan. Gulida bitta urug’chi va oltita changchisi bor.
Mevasi­-qozoq (bo’yi enidan 3 marta va undan ham uzun) yoki qo’zoqcha (bo’yi eni bilan bir xil yoki 2 marta uzun), ko’pincha tubidan ikki pallaga bo’linib ochiladi.
Karamdoshlarga mansub yovvoyi turlarning ko’pchiligi bahorda cho’llarda, tog’ etaklaridagi qirlarda tarqalgan. Oila vakillaridan biri jag’-jag’dir.
Jag’-jag’ shu nomli turkumga oid, bo’yi 10-30 sm keladigan bir yillik o’t. Ildiz bo’g’izida joylashgan barglar qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada shingil to’pgul hosil qiladi. Gutojibarglar gulkosachabarglaridan 1,5 marta uzun. CHangchilari 6 ta. Urug’chisi bitta.
Oddiy jag’-jag’ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva ( qo’zoqcha) hosil qiladi. Yaxshi o’sgan har bir tup o’simlikda 70000 ga yaqin urug’ yetiladi.
O’zbekistonga jag’-jag’turkumiga oid faqat bitta tur-oddiy jag’-jag’ o’sadi.
Oddiy jag’-jag’ tarkibida ,,C’’ va ,,K’’ darmondorilari, olma va limon kislotalari bor. Erta ko’klamda to’pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag’-jag’dan ko’k chuchuvara, ko’k somsa tayyorlanadi. Uning yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to’xtatishda ishlatiladi.
O’zbekistonda karamdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekinlariga karam, sholg’om, rediska va turp kiradi. Bo’yoq beradigan o’simlik sifatida esa o’sma ekiladi.
Karam O’zbekistoning hamma viloyatlarida sabzavot o’simlik sifatida o’stiriladi.
Karam ikki yillik, kulrang yashil o’t o’simlik. Birinchi yili karamning poyasi qisqa bo’lib, ildizoldi barglar hosil qiladi. Ular bir-biriga zich joylashib, bosh shaklini vujudga keltiradi (karam o’raydi ). Ikinchi yili poyasi o’sib chiqadi. Poyasio tik o’suvchi, silindirsimon, bo’yi 60-120 sm gacha yetadi. Poyasining patki qismidagi barglari bandli, yirik, qalin, patsimon ajralgan, yuqoridagilari esa bandsiz va chuziq bulib, ketma-ket joylashgan. Gullari och sariq rangda, shingilga to’plangan. Mevasi qo’zoq.
May-iyun oylarida gullaydi.
Karam boshi yetilganch, yig’ib olinadi va maxsus yerda saqlanadi.
Karam bargi tarkibida yog’, qandlar, qatron kislota, mineral moddalar (ko’p miqdorda kaliy va fosfor tuzlari),fermentlar, aminokislotalar, vitamini C, B, R, K, U, karotin, pantoten kislota va boshqa birikmalar bor.
T urp sabzavot o’simliklaridan bo’lib, O’zbekstonning diyarli hamma viloyatlarida o’stiriladi.
Turp ikki yillik,bo’yi 80sm gacha yetadigan o’t o’simlikdir. Ildiz mevasi yo’g’on bo’lad. Poyasi tik o’suvchi, shoxlangan, tuksiz yoki siyrak tukli. Poyaning pastki tomonidagi barglari lirasmon-patsimon qirqilgan, yuqori tomonidagilari esa butun, yumaloq, yoki cho’ziq bo’ladi. Bargi poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari oq rangda, shingilga to’plangan. Mevasi qo’zoq.
Aprel-may oylarida gullaydi, mevasi may-iyunda yetiladi
Kuzda ildizmevasi qazib olinadi, bargidan ajratiladi, tuproqdan tozalanib, maxsus yerda saqlanadi.
Ildizmeva tarkibida qandlar, glikozitlar, bakterosid modda-lizosim, fitonsidlar, karotin, vitamin C, B, PP, kristall holdagi rafanol, holin, gistidin, fermentlar, efir moyi ko’p miqdorda kaliy tuzlari va boshqa birikmalar bor.
O’zbekiston Respublikasi ,,Qizil kitobi’’ ga karamdoshlarni
8 turi kiritilgan.








a)O’quvchilarni kamandaga ajratib bir necha kichik guruhlarni tashkil etish hamda guruh a’zolari tomonidan belgilangan o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarishga erishish.


Komandalar uchun topshiriqlar:
Topshiriqning didaktik maqsadi. Karamdoshlar oilasining tuzulishiga o’ziga xos xususiyatlari, yovvoyi va madaniy vakillari, ularning ahamiyatini o’rganish.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish