Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism .
Salomlashish, o‘quvchilar davomatini aniqlash, sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish;Vatanimizdagi yangiliklar yuzasidan ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.
Mozaika texnologiyasi. (3-slayd)
Kichik guruhdagi o`quvchilar berilgan qismlardan rasmlarni yig’ib yil fasllarini ketma-ketlikda joylashtiradilar: Bahor, yoz, kuz, qish fasllari .
O’quvchilar bialn tashkiliy suhbat o’tkazish:
-2015 yil qanday nomlangan ?
-Bir yil necha fasldan iborat?
-Hozir o`lkamizda qaysi fasl?
-Kuz fasli tabiatida qanday o’zgarishlar bo’ladi?
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Sirli daraxt” texnologiyasi.(4-slayd)
O ’quvchilar “Sirli daraxt”barglaridagi savollariga “Keksa kulol va shogird” hikoyasi asosida javob beradilar:
1 .Ota o’g’lini kimning yoniga olib boribdi?
2 .O’g’li kulolning uyida nimani o’rgandi?
3 .Bir kuni bola ustoziga nima dedi?
4 .Kulol unga qanday javob berdi?
5.Shogird o’zi qanday buyumlarni yasabdi?
6.Uning idishlarini odamlar nima uchun olmay qo’yishibdi?
7.Shogird kimning yoniga qaytib boribdi?
8.U endi ishni qanday o’rganibdi?
9.Siz hikoyadan qanday saboq oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |