Dars mavzusi: A tovushi va Aa harflari.
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni to’liq yetkazish, Aa harfi bilan tanishtirish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, nutqini o’stirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniql
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlashO’tilgan mavzuni mustahkamlash
Nn harflari haqida tushuncha berish
|
Tushuntirish, izlanish
savol-javob
|
31 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
N harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish
N tovushini talaffuz qildirish
|
Muammoli izlanish
|
6 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
3 minut
|
I.Darsning borishi:
Darsni tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II O’tgan mavzuni so’rash:
-Qaysi tovush bilan tanishgan edik?
- N tovushi bilan boshlanadigan so’zlarni bilasizmi?
- N tovushini qanday talaffuz qilamiz? Cho’zib talaffuz qilsak,unli tovushmi, yoki undosh?
III. Yangi mavzu bayoni
Rasm orqali qaysi hayvn ekanligini aniqlaymiz. Ayiq haqida suhbatlashamiz.
Aa harfi bilan tanishtiraman. Aa tovushini talaffuz qildiraman. Asal.ari, ayiq, anjir kabilarning rasmi orqali tushunchalar beraman va so’rayman. Asal yig’ishda arining zahmatli mehnatinitushuntirib, mehnatsevarlik tarbiyasini singdiraman.. O`quvchilarning bilimini mustahkamlash uchun ularni mustaqil fikrlashga undab a tovushi bilan boshlanadiga so’zlar topishlarini so’rayman. Alifbodan o`qitaman. Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Ayiq asal yaladi, asalari taladi.
Aa tovushi unlimi yoki undosh tovush? Bo’g’inlarni o’qitaman.
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |