Dars mavzusi: 11-paragraf. Poyalarning xilma-xilligi.
I. Darsning maqsadi:
a. Ta'limiy: Óquvchilarga poyalarning xilma-xilligi, turlari bóyicha bilim berish.
b. Tarbiyaviy: Óquvchilarda ilmiy dunyoqarashni, ekologik, estetik tarbiyani shakllantirish.
c. Rivojlantiruvchi: Óquvchilarda darslik bilan ishlash, qóshimcha adabiyotlardan internet ma'lumotlaridan mustaqil foydalanib ishlash orqali óquvchilarda kónikmalarni rivojlantirish.
II. Dars jihozlari : poyalar xilma xilligini ifodalovchi plakatlar, jadvallar, gerbariy kadaskop, slayd.
III. Darsda qóllaniladigan metodlar: ogʻzaki, korgazmali.
IV. Darsning borishi:
- Tashkiliy qism: salomlashish, tozalikka e'tibor berish, davomatni tekshirish.
-Ótilgan mavzuni sórash: savol-javob.
1. Novda nimalardan iborat?
2. Bóğim deb nimaga aytiladi?
3. Novdalar necha xil bòladi?
4. Vegetativ va generativ novdalarning farqi nimada?
- Yangi mavzu bayoni: O`simliklar turiga, qaysi mintaqada va qanday balandlikda o`sishiga, o`sish sharoitiga hamda vazifasiga qarab, poyalar turli xil bo`ladi. Poyalar tuzilishiga (hayotiy shakliga) ko`ra, yogoch poya (terak, qayragochda) va o`tpoyaga (arpa, bugdoyda) bo`linadi. Poyalar juda kalta (piyozda) va haddan tashqari uiun bo`-lishi mumkin. Masalan, mirzaterakning balandligi 20—25 m ga yetsa, Kaliforniyadagi sekvoyadendronlarniki 130—135 m, Avstraliyadagi evkaliptlarniki 150 m bo`ladi. Shuningdek, Janubiy Osiyoning tropik o`rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o`sadigan Rotang palmasi poyasining uzunligi 400 m ga yetishi barchani qiziqtiradi. Poyalar shoxlagan (olma, yongoq), shoxlamagan (palma), bargli Giyda, do`lana) yoki bargsiz (saksovul, qandim) bo`ladi. Shuningdek, tik (archa, dalachoy), o`rmalab o`sadigan (qulupnay, ajriq) yoki palak otib (qovun, tarvuz), boshqa narsalarga ilashib (tok, qozonsochiq), chirmashib (karnaygul, qo`ypechak) o`sadiganlari ham bor (36- rasm). Poyalarning yo`gonligi ham har xil. Bular orasida ipsimon-dan (pechaklar) to diametri 10—11 m gacha (baobob daraxti va adenium daraxti) yetadigan salobatli xillari ham bor. Poyalar silliq (chinor), tikanli (yantoq), qirrali (rayhon), yuma-loq (bugdoy), yassi (kartoshka) bo`ladi. Tabiatda shakli o`zgargan ildizpoya (ajriq, guma.y) va tugunak (kartoshka, boshpiyoz) kabi poyalar kolplab uchraydi. Shakli o`zgargan poyalar bilan kelgusi mavzularda batafsil tanishiladi.Demak, poyalar tuzilishiga va o`sishiga ko`ra, yogoch va o`t poyalarga bo`linib, shakli, uzunligi va yo`gonligi turlicha bo`ladi.
Turli shakldagi poyalar (tanalar):1 — adenium daraxti; 2 — tik o`sadigan poya (dalachoy);3 — chirmashib o`sadigan poya (qo`ypechak); 4 — baobab daraxti; 5 — o`rmalab o`sadigan poya (qulupnay).
- Yangi mavzuni mustahkamlash savol-javob asosida.
1. Yoğoch va ót poyaga misol keltiring
2. Mirzaterak balandligi qancha?
3. Rotang palmasi palmasi haqida ma'lumot bering.
4. Tik ósuvchi, kótarilib ósuvchi, óraluvchi poyalarga misol keltiring.
V. Uyga vazifa: 11-paragraf 28-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |