Dars maqsadi: a ta’limiy maqsad



Download 41 Kb.
Sana07.02.2020
Hajmi41 Kb.
#39039
Bog'liq
1 sinf tutuq belgisi mavzusida dars i

Dars sanasi: Sinf:1-“______”

Fan nomi: Alifbo

Dars mavzusi: Tutuq belgisi

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, tutuq belgisi haqida bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: aralash

Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan ko’rgazmali qurol

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shundan bilursankim ilm bepoyon.

Dars jarayoni va texnologik xaritasi


Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.


Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Tutuq belgisi haqida tushuncha berish

Dono qiz” she’rini o’qish



Tushuntirish, izlanish

Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

Tutuq belgisi qatnashgan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish

Dam olish daqiqasi

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

Darsning borishi:

1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi

O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:



  • O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?

  • f tovushi bilan tanishgandik

  • fasl so’zi necha bo’g’inli?

  • f tovushini cho’zib aytib bo’ladimi?

  • Yo’q, chunki undosh tovush.

  • Mukofot, farzand so’zlarini bo’g’inlarga ajratib yozib bering

  • f harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi)

  • Odob haqida maqollardan ayting

Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.

Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o’qib takrorlanadi.

3. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.

O’quvchilarga bugun tutuq belgisini o’rganishni aytib, Tutuq belgisi qaysi so’zlarda yozilishi aytiladi. Tutuq belgisi qatnashgan so’zlar o’qilish ohangi, yozilishi haqida tushuncha beriladi.

:

- tutuq belgisi



Tutuq belgisi qatnashgan so’zlar bo’g’inlarga bo’lib o’qiladi:

A’- lo va’-da e’-lon A’-zam

ma’-no jur’-at ta’-lim Ra’-no

sa’- va sur’ – at mash’-al Tal’-at
She’r ifodali o’qib beriladi.

DONO QIZ

E’zozani o’rtoqlari

A’lochi deb maqtaydilar.

Har so’zida olam ma’no

Dono qiz deb ataydilar.

Ishlarni u jur’at ila,

Toqat bilan ado qilar.

Kattalarga hurmat saqlar,

Kichiklarni izzat qilar

O’quvchilarga she’r o’qitiladi. She’r yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
4. Dam olish daqiqasi

Maqol: Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin.

Maqolning ma’nosi izohlanadi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

Tutuq belgisi daftarga yoziladi. Va’da, Sur’at so’zlari ham bir qatordan yoziladi

V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.



Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish