O‘quvchilar bilish qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi
1-jadva
Shulardan kelib chiqib, “o‘quvchilarning bilish jarayonini rivojlantirish” deganda:
1. O‘qituvchining aralashuvisiz mustaqil amalga oshirish uchun o‘quvchining o‘ziga bu faoliyatning alohida elementlarini bajarishni sekin-asta o‘tkazish jarayoni, ya’ni axborot-motivatsiya jarayoni (Bunda gap o‘quvchi- larning bilish qobiliyatini qanday qilib takomillashtirish, mustaqil bajarish uchun uning alohida elementlarini qanday izchillikda berish ustida boradi).
2. Bilimlarni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish jarayoni. Bilish jarayonini yaxlit ta’lim sifatida rivojlantirish tuzilma komponentlarini (ham tarkib, ham jarayon jihatidan bilish masalalarini) hal etishning yagona jarayonida egallansagina ta’minlash mumkin.
3. O‘quvchilarning mustaqil va individual ishlarini tashkil etish va boshqarish.
Maktab o‘quvchilarining bilish jarayonini rivojlantiruvchi barcha aniq vositalarini tavsiflash mumkin emas. Biroq bilish jarayonining maktabda muammoli ta’lim elementlari va o‘quvchilarning mustaqil ishlari, didaktik o‘yinlar, ekskursiya singari boshqa vositalar ham mavjud. Bu vositalar bilish faoliyatining barcha jihatlarini rag‘batlantiradi. Bunday tushunish chizmachilik ta’lim nuqtai nazaridan quyidagi mulohazalar bo‘yicha ayniqsa maqbuldir:
-o‘quvchilarning bilish qobiliyatida, fazoviy tasavvur muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda o‘quvchilar faoliyatiga bilish jarayonining bundan keyingi borishi ko‘p jihatdan bog‘liq. Demak, bu bosqichga xos bo‘lgan psixik jarayonlarni (tasavvur, qabul qilish, e’tibor, diqqat) rivojlantirish zaruriyatini yetarlicha baholamaslik mumkin emas;
-rivojlanayotgan ta’limni amalga oshira borib, o‘quvchining fikrlash qobiliyatini rag‘batlantirishga tobora ko‘proq urg‘u berilmoqda. Biroq o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p narsani shunchaki yod olish, reproduktiv faoliyatdagi o‘quv va ko‘nikmalarni esa mashqlar orqali egallash kerak. Shu bois xotiraning ishi va reproduktiv faoliyatning rolini inkor etib bo‘lmaydi;
Real o‘quv jarayonida ko‘rsatilgan faoliyat turlari va ularni bajarish usullarining uyg‘unlashuvi qiyin kechadi. Bularning hammasi, tabiiyki, o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishning didaktik asoslariga kiradi.
O‘quvchining umumiy tayyorgarligi birinchidan, maqsadni izlashga, ikkinchidan, maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. O‘quvchining bilish qobiliyati ichki mexanizmining kuchi qondirilmagan extiyojlar kuchiga bog‘liq. Maqsadga yo‘naltirilgan maxsus faollashtiruvchi kuch esa o‘quvchining o‘z-o‘zini baholashi va topshiriq qiyinligiga baho berishiga bog‘liqdir. Maqsadlarni qabul qilish o‘quvchining o‘z-o‘zini baholashi bilan boshqariladi.
“Ta’limda bilish jarayonini faollashtirish, -deydi M.N.Skatkin, faqat bilimlarni o‘zlashtirish metodlarini takomillashtirish emas, balki masalalarni yechishda ijodiy yondosha oladigan, mustaqil va tanqidiy fikrlay oladigan, o‘z qarashlari va xulosalarini bayon qila oladigan, o‘z bilimini uzluksiz ravishda to‘ldirib boradigan, nazariyani amaliyot bilan bog‘lay oladigan shaxsning sifatlarini tarkib toptirish zarur”.
Chizmachilik o‘qitish jarayonida grafik qobiliyatning eng muhim sifati o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va mantiqiy tafakkurni tarkib toptiradi. Binobarin, bunday sifatlar turli darajadagi fazoviy almashtirishlar jarayonida shakllanadi.
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
1.8-9- sinflarda chizmachilitkda mavjud va fo‘llanib kelinayotgan grafik topshiriqlar tahlil qilindi. Mazkur tahlilga ko‘ra «topshiriq» tushunchasining keng qamrovli tushuncha ekanligi aniqlandi.
2. Chizmachilik o‘qitish jarayonida o‘quvchilar qobiliyatining eng muhim sifati o‘quvchilarda fazoviy tasavvurning tarkib topishi bo‘lib, bu ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida qo‘l kelishi aniqlandi va asoslandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |